Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi Guruh: 13-21


 O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana23.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1289562
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari

 
5. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni 
ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat 
a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat 
bo‘lmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham 
o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va 
o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan 
bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi 
iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu masalani hal etish uchun bir qator tadbirlarni 
amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek 
yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi 
navbatda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini
mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik 
korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. Ikkinchidan, xizmat sohasini 
rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo‘yicha 
xizmat turlarini yanada kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini 
rivojlantirishga ustunlik beriladi. Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va 
ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi 


27 
ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun 
respublikamizda qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga 
oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. To‘rtinchidan, ishdan 
bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan 
o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa 
davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga 
muvofiq keluvchi kasbkorni o‘rgatishga e’tibor qaratish. SHu maqsadda maxsus 
maslahat va o‘quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada 
rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni 
bo‘lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy 
himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli 
tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi. 
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha 
odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun 
dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga 
keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda 
ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi 
masalalarni ham o‘z ichiga oladi. 
Mamlakatimiz Prezidenti «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston 
sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida xizmat 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling