Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi Guruh: 13-21


Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana23.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1289562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari

Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir 
o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi 
ishchilarning o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei 
jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda 
o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi, atrofdagilarga 
nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada 
uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog‘lomligiga putur etkazadi. 
Ishsizlik o‘sishining muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o‘sishi 
va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi. SHunga ko‘ra, 
mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash 
davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
 
3. O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining hozirgi holati tahlili 
 
O‘zbekistonda aholining 60 foizga yaqinini ishchi kuchi resurslari tashkil 
etadi. Ishchi kuchi resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat 
jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ishchi kuchi resurslari 
tarkibiga kiritilgan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa 
mehnat zahiralarini tashkil etadi. CHunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi 
tarkibiga qo‘shilishlari mumkin. 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga 
qaraganda, bugungi kunda respublikada ishchi kuchi resurslari soni (2019 yil) 
19 
007,8
ming kishini tashkil etadi (1-jadval). 
 
 
1-jadval 
O‘zbekiston Respublikasida ishchi kuchi resurslarining iqtisodiy faol va 
nofaol aholiga taqsimlanishi, ming kishi
2
 
2
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 


13 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling