Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi Guruh: 13-21


 Ishsizlikning mohiyati, turlari va uning darajasini aniqlash


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana23.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1289562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari

 
2. Ishsizlikning mohiyati, turlari va uning darajasini aniqlash 
 
Iqtisodiyotning samarali amal qilishiga mamlakatdagi ishsizlik darajasi 
ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. 
Ishsizlik – iqtisodiy faol aholi bir qismining o‘z ishchi kuchidan foydalana 
olmasligini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bo‘lib, 
ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon 
bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, 
siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga 
bo‘linadi. 
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni 
va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga 
ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga 
joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 
3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan 
bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) 
ishsizlik deyiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga 
qo‘llanishi natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab qisqarib, 
zamonaviy mahsulot turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki 
mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi 
ularning o‘z kasb va mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab 
saqlanib qolgan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi. YAngi kasb va 
mutaxassislikni o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga 



joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik 
friksion ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq ma’lum 
xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq) davom etishi 
yangi kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab 
qilishi esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash 
joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik
iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada 
barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. SHunga ko‘ra, friksion va tarkibiy ishsizlik 
birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u ishlab 
chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. 
Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan 
tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan 
bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy 
darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik 
hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi. 
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini 
ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning etarli darajada 
rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida paydo bo‘ladi. 
Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib 
kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani 
qo‘llash hisoblanadi. 
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va 
ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’siri ostida ishchi kuchi 
talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi. 
YAshirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band 
bo‘lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab 
chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z ishchilarini 


10 
birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi 
rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydilar. Buning 
natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir 
ko‘rsatadi. YAshirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy 
keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo‘ladi.
Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo‘qotgan, ishsizlik 
bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat faoliyatiga hech 
qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi. 
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud 
bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini 
tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam 
qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik 
sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik 
ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga 
erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi 
deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan milliy ishlab 
chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko‘rsatadi. 
To‘la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga 
erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari soniga teng kelganda 
vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan 
maqbul hisoblanadi. CHunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi ish o‘rinlarini 
topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki yangi yashash 
joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. «Ishsizlikning tabiiy darajasi» 
tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, bu tushuncha 
iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o‘zining 
ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishini bildirmaydi. CHunki, ko‘pincha 
ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan 
ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik ishlarida band bo‘lish natijasida tabiiy darajadan 
past ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha 
doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat 


11 
urf-odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda 
ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asrning 60-yillari o‘rtalarida 4,5% deb 
belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% 
gacha o‘sdi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling