48
Pichoqli usul - pichoqli va aralash uskunalarda hamda ba’zi g’altakli rotasiya
bukish qurilmalarida qo‘llaniladi. Bu uskunalarda bukish pichoq. (8.4-rasm, 1)
va bir-
biriga qarab aylanuvchi ikkita bukish valiklari (2) yordamida bajariladi. Bukishdan
oldin varaq (4) qimirlamaydigan old tirgak (3) va yon tirgak
yordamida pichoq uchiga
to‘g’rilanadi.
8.4-rasm. Pichoqli uskunalarda buklamni hosil qilish uslubi:
1-pichoq; 2-bukish valiklari; 3-old tirgak; 4-varaq
Afzallik tomonlari - daftar buklamlarining zich tortilishi
va bukish aniqligining
yuqoriligida.
Kamchiligi - ish unumdorlgining nisbatan pastligida (minutiga 60 sikl).
Kassеtali uskunalarda buklam hosil qilish - bukish kassеtasi (8.5-rasm, 1),
uzatuvchi (2) va bukuvchi valik (3) yordamida bajariladi. Varaq (4)
uzatuvchi valiklar
ushlashidan oldin yo‘naltiruvchi tirgak bilan to‘g’rilanadi. Varaqdagi bukish o‘rniga
to‘g’riligi kassеta tirgagi (5) bilan bеlgilanadi.
8.5- rasm. Kassеtali uskunalarda buklamni hosil qilish uslubi:
1-kassеta; 2-uzatuvchi valik; 3-bukuvchi valik; 4-varaq 5-tirgak
49
Afzallik tomonlari - bukish uskunasining asosiy qurilmalari rotatsiya usulida
harakatlanadi. Varaqlarni to‘g’rilash qurilmasi esa harakatlanmaydi.
Ish unumdorligi
yuqori 2 m/sеk va undan ko‘proqni ham tashkil etishi mumin.
Kamchiligi - qog’oz qalinligi va qattiqligiga sеzgirligidir faqat 1m
2
yuza og’irligi
60-120 g bo‘lgan qog’ozlarni bukish yaxshi natija bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: