Tоshkеnt to’qimachilik va yеngil sanоat instituti «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafеdrasi


Download 4.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/124
Sana15.07.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1660394
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124
Bog'liq
broshyuralash va muqovalash jarayoni texnologiyasi fani boyicha maruzalar kursi

Nazorat savollari:
1. Nashrlarni ishlatish sharоitlari hamda ularni tashish, saqlash va o‘qishda qanday
buzilishlar uchraydi?
2 . Asоsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mahsulоtlarga qanday talablar qo‘yiladi?
3. Nashrlarning qisman va to’liq yaroqsizligi qanday farqlanadi?
4. Qisman yaroqsizlik deyilganda nima tushuniladi?
5. Nashrlarda eng ko’p uchraydigan buzilish turi qaysi?
6-ma’ruza. Tekislash va sanash
Reja:
1. Qog’oz to’pini tekislash.
2. Tekislash aniqligiga va ish unumdorligiga ta'sir etuvchi ko’rsatkichlar.
3. Varaqlarni sanash.
1. Qog’oz taxini tekislash
Qog’oz taxini tekislash deb qog’oz taxidagi varaqdarni ikki aniq tomonlari
bo‘yicha chetlarini tekislashga aytiladi. Aniq tomonlar deb, bosish chog’ida old va yon
tirgaklar bo‘yicha to‘g’rilangan qog’ozning o‘zaro tik tomonlariga aytiladi. Aniq
tomonlarning hoshiyalari bosma taboq nusxalarining hamma varaqlarida bir hil bo‘ladi.
Bosish jarayonida varaqning tashqi betidagi yuqori qismiga 3 kv uzunlikda ensiz
to‘g’ri to‘rt burchakli belgi qo‘yiladi va bu qog’oz taxining yon tomonida yaxshi
ko‘rinadigan belgi chizig’i hosil qiladi.


31
Tekislashdan maqsad, qog’oz chetini qirqish, uni bo‘laklarga bo‘lish, sanash,
buklash isharida aniqlikni oshirish. Ayniqsa, bosish mashinalaridagi varaq qabul qilish
yoki tashish, qo‘lda sanash ishlarida taxdagi qog’ozlar sezilarli siljib ketgan bo‘lsa,
tekislash majburiydir. Bundan tashqari, broshyuralash bo‘limiga qog’oz tayyorlash
bo‘limidan keladigan forzats, jild qog’ozlari ham sanash va qirqishdan oldin tekislanadi.
Bosilgan varaqlarni tekislash ishi ularni qirqish so‘ngra bukish hamda hisoblash
yoki qirqib bo‘laklarga bo‘lish oldidan bajariladi. Tekislash jarayonlari qog’oz varaqlari
orasiga havo berib, aniq tomonlarini tekis yuzaga tekkizib to‘g’rilashdan iborat bo‘ladi.
Tekislash qo‘lda yoki tekislovchi uskunalarda bajariladi. Qo‘lda bajarish chog’ida
maxsus usul bilan varaqlar orasiga havo beriladi (6.1-rasm, a.) va u varaqlarni bir-biriga
nisbatan harakatini yengillashtiradi. Shundan so‘ng o‘zaro to‘g’ri tomonlar tekis yuzaga
urib to‘g’rilanadi (6.1-rasm, b).
6.1-rasm. Varaqlarni tekislash:
a - varaqlar orasiga havo berish; b - o‘zaro to‘g’ri tomonlarni tekis yuzaga urib to‘g’rilash
Bunda ishchi bir ish kunida to‘rt tonnagacha bo‘lgan qog’ozni ko‘tarib, olti xil
ishni bajaradi.
Tekislovchi uskunalar stol ko‘rinishidagi ikki qismdan iborat. Birinchi stolda,
qog’ozlar orasiga maxsus purkagichlar yordamida havo yuboriladi. Ikkinchi stol
qiyasimon bo‘lib, ikkita tik zichlagich tirgaklar yordamida qog’oz tekislanadi.
Ba`zi bir matbaa korxonalarida tekislash ishlari UPh xilidagi uskunalarda
bajariladi. Bunday uskunalardagi ishlarning uchtasi avtomatlashtirilganligi sababli
ishchi kuchi sarflanishini ancha kamaytiradi va ish unumdorligini 1,1-5,5% oshiradi. Bu
uskunalarda ham qo‘l mehnatining sarflanishi (qog’oz taxini uch marotabalab tashish,
qog’ozlar orasidagi havoni chiqarish) ancha yuqori bo‘lganligi sababli bu usul ko‘p
korxonalarda qo‘llanilmay kelinayapti. Taxdaga qog’ozlarning aniq tomonlari o‘zaro


32
bir-biriga mos kelishi, tekislash sifatining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Bu
ko‘rsatkich qog’ozlarda 3 mm gacha, muqova matolari uchun esa 4 mm gacha farq
qilishi mumkin.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling