Tоshkеnt to’qimachilik va yеngil sanоat instituti «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafеdrasi


Tekislash aniqligiga va ish unumdorligiga ta`sir etuvchi ko‘rsatkichlar


Download 4.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/124
Sana15.07.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1660394
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
Bog'liq
broshyuralash va muqovalash jarayoni texnologiyasi fani boyicha maruzalar kursi

2. Tekislash aniqligiga va ish unumdorligiga ta`sir etuvchi ko‘rsatkichlar
Tekislash sifati va mehnat sarfi xoh qo‘lda, xoh uskunalarda bajarilsin
tekislanadigan qog’oz to‘pidagi qog’ozlarning o‘zaro siljiganlik miqdoriga, chetlarining
holatiga, o‘lchamiga, yuza zichligiga, hajm og’irligiga, qalinligiga, qattiqligiga,
silliqligiga, elektrostatik kuchlarning bor-yo‘qligiga hamda namligiga bog’liq.
Katta o‘lchamli qog’ozlar bilan ishlash ancha mushkul. Boshqa bir xil
ko‘rsatkichlarda og’irligi sezilarli bo‘lganligi sababli, kichik va o‘rta o‘lchamli
qog’ozlarga nisbatan taxlanadigan to‘pdagi varaqlar soni ancha kam olinadi. Bunda ish
unumdorligi 17-20% kamayadi.
Yana boshqa bir xil ko‘rsatkichlarda, yuza zichligi yuqori bo‘lgan qog’ozlarda
uning og’irligi, qalinligi va qattiqligi ortib boradi, bu esa bajariladigan ish hajmiga ikki
xil ta`sir qiladi. Bir tomondan tekislanadigan to‘pdagi qog’oz soni kam olinsa, ikkinchi
tomondan qattiq qog’ozlar nisbatan oson tekislanadi. Shu sababli, og’irligi 90 g/m
2
dan
ortiq bo‘lgan qog’ozning yuza zichligini har bir 20% ortishi, ish unumdorligini 5%
kamayishiga sabab bo‘ladi. Yuza zichligi kam bo‘lgan yupqa qog’ozlarni tekislash
qattiqligi oz bo‘lganligi sababli qiyinlashadi. Shu bois yuza zichligi 55 g/m
2
dan kam
bo‘lgan qog’ozlarni tekislashga sarflanadigan ish vaqti 20% orttirilgan. Yupqa va yuza
zichligi juda kam bo‘lgan (masalan, tamaki qog’ozi) qog’ozlarni tekislashni umuman
iloji yo‘q. Bunday qog’ozlarni zarur bo‘lsa bittalab, igna bilan sanchib tekislanadi.
Silliqlangan va ohorlangan qog’ozlarning yuqori silliqlikka ega bo‘lganlari, bir-
birida yengil siljiganligi sababli oson tekislanadi. Juda yuqori silliqlikka ega bo‘lgan va
ohorlangan qog’ozlarni umuman tekislanmasa ham bo‘ladi. Chunki ularni to‘plarga
taxlayotganda, tirgaklarga zich tiralsa bas.
Yuqori namlikka ega bo‘lgan qog’ozlarning qattiqligi kamayib, ishqalanish
koeffisiyenti ortishi sababli ularni tekislash qiyinlashadi. Namligi 5% dan kam bo‘lgan
qog’ozlar bir-biriga ishqalanganda oson elektrlanadi va shu sababli dielektrlanib
tekislanishni qiyinlashtiradi. Ushbu texnologik jarayon qog’ozning namligi 7-8%


33
bo‘lganda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunga xonaning namligi
mo‘`tadil (60 ± 5%) bo‘lganda va qog’oz bir kun mobaynida shu sharoitda saqlanganda
erishiladi.
Shu bilan birga, qog’oz varaqlarining o‘zaro siljishi 3 mm dan kam bo‘lib, bosish
va buklash mashinalarining to‘g’ri yuzali o‘zi uzatkichlariga yuklanadigan hollarda,
tekislanmagan qog’ozlarni ham ishlatish mumkin. Buklash mashinalarida dumaloq
to‘pli o‘zi uzatkichlardan foydalanilganda, varaqlarning o‘zaro siljishi 10 mm gacha
bo‘lgan qog’oz to‘plarini ham tekislamasdan ishlatish mumkin.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling