Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti o’zbek va rus tillari kafedrasi o’qituvchisi A. Dj. Bekmuratovaning


Men tanlagan kasb (Моя специальность) Reja


Download 433 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi433 Kb.
#1156673
1   2   3   4
Bog'liq
Amirova M

Men tanlagan kasb (Моя специальность) Reja:

  • Har kasbning o`z xislati bor. Kasbim-faxrim Orzular qanotida Men yetuk mutaxassis bo`lmoqchiman.
  • Tayanch so`zlar: Kasb, orzu, matbaa xodimi, ulug`lamoq, kasb tanlash, intilmoq, sharafli, ustoz, faxriy unvon.
  • Har bir kasbning o`ziga yarasha sir – asrori bo`ladi. Dunyoda kasblar ko`p va xilma-xil. Qadim-qadimdan odamlar ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik kabi ishlar bilan shug`ullanib kelishgan. Jamiyat rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyog va talabni qondirish uchun kasblar ham ko`payib bormoqda. Bugungi kunda jamiyatimizni to`quvchi, matbaachi, dizaynchi, tikuvchi, g`isht teruvchi, harf teruvshi, o`qituvchi, tarbiyachi, uchuvchi, xonanda, rassom, temirchi, yozuvchi, menenger va hokazo kasblarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
  • Hammamiz ham yoshlikdan, maktabda ekanligimizdayoq o`zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur sportchi, kimdir o`qituvchi, kimdir to`qimachi, kimdir tikuvchi bo`lishni orzu qiladi. Har birimiz shu ezgu orzumizga etishish uchun, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay o`qiymiz, izlanamiz, intilamiz.
  • Dunyoda shunday sharafli kasb egalari borki, ular ko`p yillardan beri barcha xalqlar orasida el-yurt xizmatiga sazovor bo`lib kelgan.

Lug`at

  • Kasb, hunar – профессия, ремесло Kasb tanlash – выбирать профессию Sharafli – почётный Qadimiy – древний
  • Fe’l nisbatlari: ish-harakatning bajaruvchisi (subyekti) bilan bajariluvchisi (obyekti) o’rtasidagi munosabatni ifodaydi. Ish-harakatning obyektga bo’lgan munosabatiga qarab fe’llar ikki turga bo’linadi: 1. O’timli fe’llar. 2. O’timsiz fe’llar.
  • O’timli fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarni boshqarib keladi: ashula (ni)aytmoq, xat (ni)yozmoq, olma (ni)termoq, kitob (ni)o’qimoq, kino (ni)ko’rmoq kabi. Qolgan fe’llar esa o’timsiz fe’llar sanaladi: uchmoq, uxlamoq, yig’lamoq, kulmoq, gapirmoq, charchamoq, uyalmoq, qulamoq kabi.
  • O’zlik nisbatdagi fe’llar ish-harakatning bajaruvchisi (subyekti) ham, bajariluvchisi (obyekti) ham bir shaxs yoki narsaning o’zi ekanligini anglatadi. Bu nisbat fe’lga –l, -il, -n, -in qo’shimchalaridan mosini qo’shish orqali hosil bo’ladi: yuvinmoq, kiyinmoq.
  • Bеrilgan matndagi fe’llarni topib, qaysi nisbatdaligini ayting.
  • Namuna: kirishildi – kir – asos
  • - ish – fe’l shakli qo’shimchasi
  • - il – majhul nisbat qo’shimchasi.
  • Majhul nisbatdagi fe’l ish-harakatning bajaruvchisini ifodalamaydi. O’zlik nisbatdagi fe’llar kabi –l, -il, -n, -in qo’shimchalari yordamida hosil bo’ladi: bug’doy ekildi, sayohatga borildi.
  • Orttirma nisbatdagi fe’llar ish-harakatning amalga oshishida boshqa biror shaxs yoki narsa vosita bo’lishini ifodaydi. Bu nisbat fe’llarga –t, -dir,-tir, -ar, -ir,-giz (-kiz, -qiz, -g’iz), -gaz, (-kaz, -qaz) qo’shimchalaridan mosini qo’shib hosil qilinadi: she’rni o’qit, bog’da ishlat.
  • Kasb haqidagi o’zbek xalq maqollari kartochkalarda tarqatilib, ma’nosi izohlandi.
  • Kasb haqida talabalar tayyorlab kelgan prezentatsiya namoyish etildi va tariflab berildi.
  • Baholar e’lon qilindi.

Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling