Tоshkеnt to’qimachilik va yеngil sanоat instituti


TADQIQOTNING ASOSIY MASALA VA FARAZLARI


Download 0.74 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1572471
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bobomurodova M

TADQIQOTNING ASOSIY MASALA VA FARAZLARI

Tadqiqotning asosiy farazlari quyidagilardan iborat:

  • analogli fotopolimer bosma qoliplarini tayyorlashda yorug’lik yoyilishi ehtimolligi yuqori bo’lishi sababli rastr nuqtalari kattalashuvining me’yoridan yuqori bo’lishi, bu holat rang va tuslarni hosil qilish sifatiga salbiy ta’sir qiladi;
  • raqamli fotopolimer bosma qoliplarini tayyorlashda axborotning kompyuterdan to’g’ridan-to’g’ri niqobli qatlamga yozilishi tufayli rastr nuqtalari kattalashuvining belgilangan me’yorlar chegarasidan oshmasligi, ya’ni olingan nusxadagi tasvirlarning rang uzatish bo’yicha aslnusxaga maksimal darajada yaqin bo’lishi;
  • raqamli usulda tayyorlangan fotopolimer qoliplarda bosiluvchi elementlar asosining mustahkam bo’lishi hisobiga ularning bosish vaqtida ortiqcha deformatsiyalanmasligi.

TADQIQOTDA QO’LLANILGAN METODIKANING TAVSIFI

MCHJ «TECHNOPAK SYSTEMS» bosmaxonasining ishlab chiqarish sharoitida analogli va raqamli fotopolimer bosma qoliplarini tayyorlash amalga oshirildi. Olingan bosma qoliplaridan Mark Andy 2200 rulonli fleksografik bosma uskunasida adad nusxalari bosildi va nusxalarning rang tavsifnomalari o’rganildi.

Magistrlik dessertatsiyasi ishi nazariy-tajribaviy tavsifga ega bo’lib, yangi tadqiqotlar va ishlab chiqarish sinovlariga ega. Nazariy va tajribaviy jarayonlari tajribaviy tekshirish uslublaridan foydalanib amalga oshirildi.

Ish davomida olingan amaliy va nazariy natijalar laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida texnologik uskunalarda sinovdan o’tkazilgan.

ILMIY YANGILIGI

Bajarilgan magistrlik dissertatsiyasi ishining ilmiy yangiligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • birinchi marta ushbu muammo bo’yicha adabiyot ma’lumotlari va yetakchi korxonalarning tarjribasi tizimli tahlil qilindi;
  • analogli va raqamli fotopolimer plastinalar tayyorlash jarayonlari o’rganildi, ularda uchrashi mumkin bo’lgan nuqsonlarni bartaraf qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqildi;
  • birinchi marta MCHJ «TECHNOPAK SYSTEMS» kompaniyasi bosmaxonasi sharoitida bosma mahsulot sifatini yaxshilash bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling