Fleksografik bosma usulida mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni tadqiq qilish yo’nalishida ko’plab ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Bu sohada Yan Lipak, N.Tipsotnayana, Gustavo Gil Barros, A.Cherri, Dmitriyev, Johanna Jonson, O.Yu.Chaplgina, A.A.Mandrusov, M.G.Kolesnichenko, V.A.Bakanov, A.S.Borisova va boshqalarning ishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Ularning ishlarida bosish jarayonini optimallashtirishga imkon beruvchi va yakuniy natijani aniq taxmin qilishga zamin yaratuvchi fleksografik bosma jarayoni modelini tahlillar va tajribalar asosida yaratishga harakat qilingan. TADQIQOT NATIJALARINING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI Turli bosma mahsulotlarini bosish uchun bosma qolip tayyorlash texnologiyasining eng oqilona variantidan foydalanish asosiy materiallarni minimal sarflagan holda bosma sifatining yuqori bo’lishini ta’minlaydi va shu tarzda chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytiradi hamda asosiy va yordamchi uskunalar uchun talab qilinadigan ishlab chiqarish maydonining kamayishiga olib keladi. Ushbu tadqiqot ishida olingan natijalar MCHJ «TECHNOPAK SYSTEMS» sharoitida raqamli fleksografik fotopolimer bosma qoliplarini tayyorlash texnologiyasini joriy qilish uchun asos bo’lib hizmat qiladi. MARK ANDY 2200 FLEKSOGRAFIK BOSMA USKUNASINING TEXNIK TAVSIFNOMALARI
Matoning maksimal eni, mm
|
260,340,440
|
Bosishning maksimal eni, mm
|
254, 330, 432
|
Bosma seksiyalarining maksimal soni
|
12
|
Takrorlanishning maksimal qadami, mm
|
178
|
Takrorlanishning minimal qadami, mm
|
610
|
Yoyishda rulonning maksimal diametri, mm
|
1016
|
O’rashda rulonning maksimal diametri, mm
|
1016
|
Bosishning maksimal tezligi, m/daqiqa
|
154 (L, XL), 230 (Servo)
|
Bosiluvchi monoplyonkalarning maksimal qalinligi, mkm
|
20-25
|
Do'stlaringiz bilan baham: |