Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi va hal etildi: - fleksografik bosma jarayonlari va uskunalarining tuzilish va ishlash prinsiplari o’rganildi;
- fleksografik bosma sohasida ilmiy adabiyotlar tahlili о’tkazildi;
TADQIQOT MAQSADI VA VAZIFALARI
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi va hal etildi: Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi va hal etildi: - analogli va raqamli fotopolimer bosma qoliplarini tayyorlash texnologiyalari o’rganildi;
- nusxalar sifatining bazaviy ko’rsatkichlari ko’rib chiqildi;
- yarimyaltiroq qog’ozdagi aslnusxalarning rang ko’rsatkichlari o’rganildi,
- MCHJ «TECHNOPAK SYSTEMS» kompaniyasi ishlab chiqarish sharoitida fleksografik bosma uskunasida maxsus shkalaga ega adad nusxalari olindi va ularning rang ko’rsktichlari tadqiq qilindi;
- qolip tayyorlash rejimlarining ularning sifatiga ta’siri o’rganildi;
- fotopolimer bosma qoliplarida rastr nuqtalarining kattalashuvi jarayoni o’rganildi.
TADQIQOT MAQSADI VA VAZIFALARI
TADQIQOT OB’EKTI VA PREDMETI
Raqamli va analogli usulda tayyorlangan fleksografiya fotopolimer plastinalari mazkur magistrlik dissertatsiya ishida tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
Analogli va raqamli uslublardan foydalanib tayyorlangan turli bosma qoliplar to’plamidan Mark Andy 2200 rulonli fleksografik bosma uskunasida bosilgan bir xil axborotli (syujetli) nusxalar tadqiqot predmeti hisoblanadi.
TADQIQOTNING ASOSIY MASALA VA FARAZLARI Tadqiqotning asosiy masalalari quyidagilardan iborat: - fleksografiya bosma usulining yuzaga kelishi va rivojlanishi jarayonlarini tahlil qilish;
- fleksografiya bosma usuli fotopolimer qoliplarini tayyorlash texnologiyalarini tahlil qilish;
- shu usulda olingan nusxalarning sifat ko’rsatkichlariga va ularga ta’sir qiladigan omillarni tahlil qilish;
- MCHJ «TECHNOPAK SYSTEMS» bosmaxonasi sharoitida qo’llanayotgan texnika va texnologiyalarni, chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini tahlil qilish jarayonlarini tahlil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |