Toshkent viloyati chdpi pedagogika fakulteti PeP yo’nalishi 17/1 gurux talabasi Erkinova Malikaning
Download 0.5 Mb.
|
kurs ishi (1)
Kurs ishining maqsadi: : Bugungi shiddat bilan o’sib borayotgan zamon talabiga mos va rruhan ham jismonan barkamol avlod tarbiyasini shakllantirish. Bu borada ko’plab yutuqlarga erishish shu jarayonni barcha sohalarga tadbiq qilish.
Kurs ishining vazifalari: -Psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni ta’lim jarayoni hamda psixologik hayotga tadbiq etish , - ilg’or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida pedagogic psixologik yordamni tashkil qilish - pedagogic tashxis tizimiga axborot komunikatsiya texnologiyalarini samarali tadbiq etish, - psixologik yo’nalishdagi o’quv metodik majmualarning yangi avlodinii ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Har bir pedagog o’zining pedagogik faoliyati jarayonida o’quvchilar ruhiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan biz o’quvchilar ruhiyatini o’rganishdan oldin o’qituvchilar ruhiyatini o’rganish ulardagi qator yutuq va kamchiliklarini ko’ra bila olish, ijobiy sifatlarini yanada rivojlantirib kamchiliklarini to’girlash. Ulardagi bo’layotgan psixologik o’zgarishlarni aniqlay olish va to’g’ri psixolgik yordam ko’rsata bilish har bir maktab psixologining burchi sanaladi. Maktab psixolgi o’qituvchilariga sifatli psixologik xizmat ko’rsatish uchun avvalambor o’zining bilimi, tarbiyasi, malakasi va notiqligi bilan ajralib turishi ulardan doimo bir qadam oldinda ekanligini bildirib turishi lozim. Shundagina ular muammolari kuchli shaxs tomonidan hal qilinaotganiga va bu yechim to’g’ri bo’lishiga ishonishadi. Bu esa o’z navbatida psixologik xizmatning prognozi (ya’ni oqibati) yaxshi bo’lishiga olib keladi. O’qituvchilar nafaqat o’qituvchilar balki har bir inson kuchli shaxsiyat egalariga intilib yashashadi bunday odamlar hammaning diqqat e’tiborida bo’lishadi, va har qanday inson ular bilan muloqotda bo’lishga qiziqishadi siz ham qiziqarli shaxs bo’ling shaxsiy kuch mehrdan paydo bo’ladi u quvvat manbayini to’ldirishga qodir. Kuchli shaxsiyat egalari hammani ko’nglini olib yurishmaydi shunchaki atrofdagi narsalarga mehr bilan boqadi.bunday insonlar har qanday og’ir vaziyatdan beshikast chiqib ketadigan, insonlarni boshqara olish bilan birga dunyo qonunlariga va insonlar ahdiga qarshi chiqmaslik kabi fazilatlar bilan ziynatlangan bo’ladi. Shuning uchun biz shunday insonlarga talpinib yashaymiz. Siz muammolarini topib ularga psixolgik yordam haqida tushuntirish haqida o’ylamang. Siz shunday kuchli shaxs bo’lingki muammolariga yechimni siz bilan qidirish kerak ekanligini tushunib yetishsin siz muammolarni eshitish uchun ularning orqasidan quvmang ularni muammolarini eshitishga loyiq odam bo’ling shundagina siz haqiqiy psixolog bo’la olasiz. Har bir kasbning o’z etiketi uslubi bo’lgani kabi psixologlarning ham o’z etiketlari mavjud. Bunday etiketlarga amal qilish barcha psixologlarning burchi sanaladi. Etiket deganda psixologlarning imidji ularning o’zini tutishi odob-axloq qoidalari shuningdek fazilatlari nazarda tutiladi. Psixolog etiket bilan bir qatorda bu kasb tamoyillariga doimo e’tiborli bo’liishi bilan insonlar qalbidan joy ola oladilar. Psixologlarining asosiy etiket tamoillari. 1.Konfidensiallik – Psixologga murojat qilgan insonlarning ma’lumotlarini sir saqlanishi 2. Kompetentlik – o’z kasbiga, bilim –ko’nikmalar va malaka talablari jihatdan mos bo’lish 3. Javobgarlik – Psixolog o’ziga murojat qilgan insonning psixologik holati va uning barqaror rivojlanishi uchun mas’uldir. 4. Etikaviy va huquqiy jihatdan professional huquqlarga egalik. 5. Psixologiya fanini yetarli darajada malaka bilan targ’ib etish. 6. Mijozning ijobiy va barqaror psixlogik holatiga erishish uchun intilish. 7. Professional kooperatsiya – mijoz bilan ishlashda mehnat taqsimotini shakllantirish . Mijozning o’zida ham shaxsiy ijobiy o’zgarishga intilishni hosil qilish. 8. Mijoz bilan olib borilayotgan tekshiruv yoki taqiqotning maqsad va natijalari to’g’risida unga ma’lumot berish . Psixologik faoliyat bilan shug’ullanuvchi har bir psixolog o’z faoliyati jarayonida bolalarni quyidagi kategoriyalar bo’yicha ajratib ular bilan shug’ullanishi lozim. Iqtidorli bolalar Muammoli bolalar Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar Nosog’lom bolalar Psixolog o’zining ish faoliyati jarayonida ko’proq individuallikga etibor berishi shuningdek to’g’ri psixologik yordamni yo’lga qo’ya olishi lozim. Shundagina u ma’lum bir natijaga erisha oladi. Psixologik xizmat ko’rsatish jarayonida individuallikga e’tibor berish o’z navbatida psixologdan ko’proq vaqt va bilimni talab qiladi. Vaqt va bilimni to’gri sarflash uchun Psixolog avvalambor individual xususiyatlar bilan ishlashdan oldin shu yo’nalishdagi bolalarning umumiy xususiyatlari haqida ko’plab bilim va tajribaga ega bo’lishlari lozim. Mana shu yo’nalishdagi bolalarni umumiy o’rganish , o’rganish jarayonida ulardagi yana boshqa xususiyatlari bo’yicha ajratib xususiylikni yaratish, psixolog ish faoliyatini unumini yanada oshiradi. Masalan Muammoli bolalarni ham o’z navbatida quyidagilar bo’yicha ajratish mumkun. Ijtimoiy muhitga adaptatsiya muammosi O’smirlik muammosi Emotsional beqarorlik muammosi Xotiraning pastligi muammosi Fobiya muammosi Qobiliyatlarni yuzaga chiqara olmaslik muammosi Diqqatni jamlay olmaslik muammosi O’z qobig’iga o’ralib qolish muammosi O’z menini ustun qo’yish muammosi O’ziga bo’lgan ishonchning pasayishi tushkunlik muammosi O’zidan qoniqmaslik muammosi Shaxslararo muammolar Muammoli bolalar mana shu va boshqa sabablarga ko’ra muammolidir. Bularni yechimini topish uchun avvalambor bu muammolar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish kerak. Shundagina bu savollarga murosali yechim topish mumkun. Psixolog bunday jarayonlarda muammolarni yechimini toppish bilan birga, shu va boshqa muammolarga qarshi imunitet hosil qilishi lozim. Chunki korreksiya qilgandan ko’ra profilaktika qilgan ancha samaraliroq. Bu imunitetni psixologlar o’quvchilarga motiv berish orqali amalga oshirishadi. Inson tanasini, uning ruxiyati boshqaradi. Ruxiyatdagi barcha o’zgarishlar o’z navbatida tanasiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. insonda yuzaga kelishi mumkun bo’lgan barcha kasalliklar inson ongining noto’g’ri yo’nalishi orqali kelib chiqadi. Shunday ekan tanadagi barcha kasalliklarni, muammolarni, yechimini topishdan oldin ruxiyatidagi kasalliklar va muammolarni hal qilishimiz lozim. Shundagina eng to’g’ri ta’sir ko’rsatilgan bo’ladi. Iqtidorli bolalar Iqtidorli bolalar ijobiy tomonga yo’naltirilgan u yoki bu faoliyati bilan ko’zga ko’rinuvchi erishgan yutuqlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi bolalardir. 1-navbatda psixolog bunday bolalarni diagnostika qilish orqali ajratib olishi lozim Bunday bolalar bilan ishlash jarayonida ularga ko’rsatiladigan eng katta psixologik yordam kerakli muxitni yaratishdir. Iqtidorlar ham 2 xil bo’ladi 1 tug’ma iqtidor 2 ortirilgan ya’ni shakllantirilgan iqtidor Tug’ma iqtidor soxiblari o’zlarining aql zakovatlari bilan ko’pchilikni hayratlantirishadi. Ulardagi aql zakovat hayotlaridagi aniq maqsadlarni belgilab olishga yordam beradi bunday toifadagi insonlar tanlagan yo’llari to’g’ri ekanligi va nimalar ularga to’siq bo’lishiyu, uni yechimi nimada ekanligini ham juda yaxshi bilishadi. Shunchaki bu davrda ularni qo’llab turadigan inson kifoya xollos bunday bolalar bilan ishlash jarayonida asosan tinglovchi bo’ling so’zlo’vchi emas, chunki ular o’zidan ko’ra kuchli va ko’p gapiradiganlarni xushlashmaydi. Ular yuzaga kelgan muammolarni kamdan kam holatda oshkor qilishadi. Shuning uchun ham ularda deppressiya ko’p kuzatiladi. Lekin bunday holatdan ularni chiqarib olish oson chunki ular juda moslanuvchan bo’lishadi. Tug’ma iqtidorni bolalarda rivojlanishi albatta ota onadan o’tgan irsiyat bilan bog’liq shunday ekan mana shunday tug’ma iqtidorlar sonini ko’paytirish uchun ortirilgan iqtidor egalarini ko’paytirishimiz lozim bunday iqtidorga ega bo’lish uchun bolalarga avvalambor sog’lom muxitni yaratish va bilim olishga bo’lgan motivatsiyani kuchaytirish lozim. Bunday vaziyatni yuzaga keltirishda pedagog va psixologning birgalikdagi faoliyati yo’lga qo’yiladi.bunday bolalarni tarbiyalash ularni sonini ko’paytirish kelajagimiz uchun muvaffaqiyatlar eshigini ochib beruvchi kalitdir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar Xar qanday davlatning xar qanday davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj ota ona qaramog’isiz qolgan bolalarni uchratish mumkun. Avvalambor ota onani yo’qotish bu haqiqiy fojia ota ona qaramog’isiz qolgan bolalarning kamida 90% depressial psixologik o’zgarishlarga uchraydi. Ularning psixologiyasidagi depressiv holatlar ko’pincha yetimlik turi va ajralish yoshiga qarab har xil bo’ladi. Ijtimoiy yetim bolalar Yetim bolalar Yetim bolalar- 18 yoshgacha ota onasining biri yoki ikkalasidan ajralgan bolalar dir Ijtimoiy yet im bolalar- biologic ota onalari boru lekin ba’zi bir sabablarga ko’ra uning tarbiyasi bilan shug’ullana olmaydigan bolalar . Bu xolatlarda davlat ularga g’amxo’rlik qiladi. Bolalikning ilk davridayoq ota onadan ajralib qolish bolaning keyingi taqdiriga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalik insonning ruxiy bardoshligini xayotga qiziqishini intiluvchanligini ta’minlovchi asosiy xislatlarning shakllanish davridir. Mana shu davrning qisqaligi yoki umuman bo’lmasligi natijasida, bolaning nafaqat fiziologiyasida balki psixologiyasida ham muvozanatsizlik holati yuzaga kelishi mumkun. Bunday vaziyatlarda bolalarga beriladigan eng birinchi psixologik yordam mexr ya’ni e’tibor, bunday bolalarning xar biri alohida e’tiborga muhtoj bo’ladi. Ular mana shu mexr yetishmasligidan ko’pincha turli xil zararli odatlarga tez berilishadi. Shu tariqa o’zlarining hayotini ishonchsizlik va irodasizlik kabi ilatlar bilan bezashadi. Psixooglar bunday bolalar bilan ishlash jarayonida ko’pincha emotsiyaga boy treninglar psixokorreksiyali dasturlardan keng foydalanilishi shu yo’l bilan bola qalbiga yo’l topa olishi kerak. Bundan tashqari rasmli videofilmlar orqali bolalarga hayot naqadar go’zal ekanligi, yashashdek oily baxtga sazovor bo’lgan insonlar qatorida ularning borligi.hayotdagi barcha sinovli qorong’u tunlari ortidan yorug’ va baxtli kunlarning kelishi buning uchun esa albatta chiroyli sabr qilish kerak ekanligi to’g’risida ularga uqtirib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Psixologlar bunday bolalarni kuchli yo’naltirishi lozim. Ya’ni kelajakda qilishi mumkun bo’lgan buyuk ishlar va mana shu darajaga erishishlarida nimalar qilinishi kerakligi to’g’risida psixologlar ularga to’g’ri va maqsadli motiv bera olishlari lozim. . Kichik maktab yoshidagi bolalarda ularni eshitmaslik biron narsadan qoniqmaslik natijasida agressiya yuzaga kelishi mumkun. Bunday yoshdagi bolalardan asosan ---- -sizga maktab yoqadimi? -sizning do’stlaringiz qanday? Mavzusidagi test va anketalar olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Katta maktab yoshidagi bolalarda men konsepsiyalari rivojlangan bo’ladi. bu davrda bundan tashqari ruxiy zo’riqishlar ko’p kuzatilishi bilan bir qatorda xar xil somatic kasalliklar ko’p uchraydi. Bunday bolalardan asosan -sizning orzuingiz - sizning muammolaringiz -sizning do’stlaringiz mavzusida suhbat yoki testlar o’tqazish tavsiya qilinadi. Nosog’lom bolalar Nosog’lom bolalar ham o’z navbatida 2 ga bo’linadi Aqlan nosog’lom Jismonan nosog’lom Aqlan nosog’lom bolalar uchun maxsus intrnat va maxsus pedagoglar ish olib borishadi. Maktabda esa asosan jismonan nosog’lom bolalar uchrashi mumkun, va bunday bolalar bilan ishlash jarayonida psixolog avvalambor uning holati haqida tushunchaga ega bo’lmog’i, uning vaziyatidan kelib chiqqan holatda unga to’g’ri va aniq psixologik yordam ko’rsatishi muhim sanaladi. Psixolog nosog’lom bolalar bilan ishlash jarayonida avvalambor hayotga bo’lgan qiziqishni oshirish orqali ta’limga asta sekinlik bilan yo’naltirish ularda hayotga yashashga bo’lgan motivatsiyani bera olish bunday bolalarda to’g’ri psixologik korreksiyani tashkil qilish degani. Modomiki korreksiya to’g’ri va aniq qilinar ekan prognoz ya’ni natija ham shunga mos tarzda ijobiy natijalarni hosil qiladi. Nosog’lom bolalar ruxiyatida asosan o’z qobig’iga o’ralib olish o’zini oshkora etishdan cho’chish, yoqimsiz hislarni tuyish va buning oqibatida ko’plab ruxiy kasalliklarning paydo bo’lishi stress holatlarini kelib chiqishi va oxir oqibatda depressiya holatlari kuzatilishi mumkun. Bunday vaziyatlarini profilaktika qilish ya’ni oldini olish xar bir psixologning vazifasi sanaladi. Xayotning katta bo’lmagan vazifalari ustida sabr bilan mexnat qilarkansiz, xayotning shaklan va ma’nan katta bo’lgan butun qismi sizga xayot nima ekanligini ko’rsatib turadi. Bunda o’qituvchining ezguligi hammasi ayrim sayi harakatlar tufayli atrofga tarqaladi, ma’naviy quvvati ortadi, o’zini aniqlashda bular axloq qiymati emasaqlga singib ketadigan eng yaxshi tarafga intilish kab maqsaddir. Ustoz – bu o’ta murakkab va sharafli maxsus kasb. Ustoz doimo xammaning ko’z o’ngida bo’ladi. Xona ostonasidan o’qituvchining talabalar bilan o’zaro ta’sir munosabati boshlanadi. Kreativ o’qituvchigina kreativ o’quvchini tarbiyalay oladi. Shunday ekan bugungi kun talabi kreativlik kreativ g’oyalarga boy malakali tajribali va o’z ustida ishlovchi o’qituvchilar har yerda va har qanday joyda qadrlanadi. Mana shunday o’qituvchilarni faoliyatini yo’naltirish va ta’lim jarayonini o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasida to’g’ri pedagogic muhitni yaratishda pedagog va psixolog faoliyatining o’rni katta va beqiyos sanaladi Pedagogik mahorat- bu o`quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo`naltirish, talabalarda (o`quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo`lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. Pedagogik maqsadning o`ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin: Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya`ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo`naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta`minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o`tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqaradi. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog’liq. Bunda pedagogik maqsad o`quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o`z faoliyati maqsadini va unga erishish yo`llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o`quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta`kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so`z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o`z-o`zidan kelaveradi». Pedagogik (ta`lim-tarbiya) jarayonida o`quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o`quvchi kelajagi tomon yo`naltirilgan bo`ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o`z faoliyatining mantiqini o`quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o`ziga xosligi o`qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: - jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to`la anglab, o`z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining «o`sib», uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi; - muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi; - o`quvchilar qiziqishlarini e`tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. Pedagogik faoliyatning o`ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo`ladi. Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o`zining alohida hususiyatlari, ro`y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o`zicha baho beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta`kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir.U pedagogik jarayonning o`z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo`lgan ishtirokchisi hamdir. Pedagog doimo o`sib-o`zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. O`quvchilarga pedagogdan tashqarii, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan o`qituvchilari, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta`sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o`zida jamiki ta`sirlarga va o`quvchilarning o`zida paydo bo`lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi. O`quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta`sir ko`rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o`zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. O`quvchilarni mehnat, muloqot, o`yin, o`qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o`zining individual pedagogik tizimiga ega bo`lishi kerak. Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo, ta`lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o`z o`quvchilarini turli o`quv faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan birga o`quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o`qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta`sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kyechishi uning shaxsi, harakteri, o`quvchilar bilan muomalasiga ham ko`p jihatdan bog’liq bo`ladi. Odatda bularning ta`lim-tarbiya jarayoniga ta`siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati o`quvchilarga qanday ta`sir ko`rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni o`qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o`qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo`lishi bilan bog’liq bo`lishini unutmaslik lozim. Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`ladi: - pedagog shaxsini insonparvarlik yo`nalishiga ega bo`lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo`nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo`naltirilganligi; - mutaxassislik fanlari, o`qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo`lish; - pedagogik qobiliyatga ega bo`lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan o`qib olish); - pedagogik texnikani egallash, ya`ni o`z-o`zini boshqara olish, o`zaro ta`sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash. .Biroq, zamonaviy o`qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o`zi kifoya qilmaydi-maxsus bilimlar va malakalar-bolalarni kuzatish, ularning o`sishdagi muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo`llari va usullarini aniqlash, turli o`zaro ta`sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari bo`ladi. Shunday qilib, pedagog-muallim o`z mahoratiga quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin: Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o`rganish. Maxsus fanlar, ularni o`qitilish metodikasini chuqur bilish. Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o`tkazish. O`z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`lish. O`z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o`qib borish. Pedagogik mahorat o`ziga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi to`g’risidagi, maktab haqidagi, ta`lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o`qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o`z ishining chinakam ustasi bo`la olmaydi, yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o`tmaydi. O’qituvchida ijodkorlik qobiliyatining shakllanishi o’quvchilarda ijodkorlikni shakllanishi demakdir. O’qituvchilar ijodiy fikrlashlari uchun ularga albatta ruxiy sokinlik va osoyishtalik zarur. Bu jarayonni hosil qilish va barqarorlikka olib kelish psixologning vazifasi sanaladi. Pedagog va psixolog faoliyati jarayonida ko’plab muvaffaqqiyatlarga erishish mumkun. Ya’ni psixolog pedagogga ijobiy ta’sir etishi bilan undagi charchoq va ruxiy zo’riqishlarni oldini olishi va korreksiya qilish yo’li bilan o’qituvchi ruxiy salomatligini ta’minlab beradi bu esa o’z navbatida o’qituvchilar faoliyatida yaxshi va salmoqli pedagogik jarayonni hosil qilish demakdir. Albatta sifatli va kreativ g’oyalarga boy bo’lgan pedagogic faoliyat o’quvchilarni o’ziga oxangrabodek torta boshlaydi, natijada sifat samaradorligi shuningdek o’quvchilarda shu kasb va fanga bo’lgan hurmat va qiziqishning oshishi yuzaga keladi. Bu esa albatta to’g’ri yo’naltirilgan pedagogic faoliyat demakdir. O`qituvchi-tarbiyachi o`quvchilarga bilim berish, ma`lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta`sir ko`rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya`ni ko`rsatilayotgan ta`sirning samarasini bilish uchun pedagog o`quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqat va tafakkur, fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishi va ularga asoslanib ta`sir ko`rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiologiya kabi fanlar bilan ham uzviy bog’langandir. Ma`lum ma`noda o`qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin. Pedagog o`quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti-harakat va fe`l-atvorlariga doimo ta`sir ko`rsatadi. Psixolog pedagog bilan faoliyati jarayonida uning o’quvchilarini yosh davrlarini hisobga olgan holda ularda yuzaga kelishi mumkun bo’lgan ozgarishlar va ularni qanday qilib bartaraf etish kerakligi haqida bundan tashqari sinf xonaga kirganlarida bolalar bilan kulib salomlashishlari ularni ko’nglini ko’taradigan biror bir hazil yoki xabar aytishlari shu tariqa darsni boshlab dars davomida aktiv qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish qatnashmayotgan o’quvchilar bilan allohda shug’ullanishi kerak ekanligi asosiysi dars davomida bolaning ruxiyatiga katta e’tibor berishi kerak ekanligi va shularni hisobga olgan holda dars jarayonini tashkil qilishi keltirib o’tiladi. Psixolog pedagog bilan faoliyati jarayonida uning o’quvchilarini yosh davrlarini hisobga olgan holda ularda yuzaga kelishi mumkun bo’lgan ozgarishlar va ularni qanday qilib bartaraf etish kerakligi haqida bundan tashqari sinf xonaga kirganlarida bolalar bilan kulib salomlashishlari ularni ko’nglini ko’taradigan biror bir hazil yoki xabar aytishlari shu tariqa darsni boshlab dars davomida aktiv qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish qatnashmayotgan o’quvchilar bilan allohda shug’ullanishi kerak ekanligi asosiysi dars davomida bolaning ruxiyatiga katta e’tibor berishi kerak ekanligi va shularni hisobga olgan holda dars jarayonini tashkil qilishi keltirib o’tiladi. Dars jarayonida bolalarga e’tibor berish bilan birga dars jarayonini mazmunli tashkil etish bo’yicha ko’pgina trening mashg’ulotlar tavsiya etiladi. Dars davomida turli xil metodlardan foydaanish va xar xil bolalarni relaksatsiyalovchi mashqlarni olib boorish bolani dars jarayoniga nisbatan faolligini oshirib diqqatning tarqoqlashuvini oldini oladi. Har bir psixolog bolalar bilan ishlash jarayonida, sinf raxbarlariga sinflar kesimida yosh davrlariga moslab ularning bilish sohalari haqida ko’plab ma’lumotlar berib o’tishlari lozim. Xar bir pedagog o’quvchining yoshi jinsi, assimetriyasi shunigdek psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda darsni tashkillashtirishi talab qilinadi. Bunda asosiy yordamni maktab amaliyotchi psixologi tashkillashtiradi. Masalan sinflar kesimida bilish jarayonlarini taxlil qiladigan bo’lsak 2-sinf o’quvchilarida adaptatsiya jarayoni juda qiyin kechadi ularda yangi parta, stol , stul, do’stlar, ustoz shningdek boshqa narsalarning barchasiga adaptatsiya qilishlari bir muncha qiyin kechadi. Birdaniga hamma narsani o’zgarib ketishi ularda ruxiy zo’riqish shuningdek o’qishga bo’lgan qiziqishning so’nishi, ko’pgina etirozlarning paydo bo’lishi kuzatiladi. Bunday jarayonlarni oldini olish va korreksiya qilishda pedagog bilan psixolog faoliyati birligining o’rni katta hisoblanadi. Bu kabi yoshdagi bolalarda bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun ularda ijtimoiylashuv jarayonini hosil qilish va shu o’rinda ,,Maktabda sayohat’’, ,,Mening jonajon maktabim’’ shiori ostida turli xil sayohatlar va mustaqil ishlarni tashkil qilish lozim sanaladi. Maqsad bolalarda maktabga bo’lgan illiq ta’surotlarni uyg’otish va ularda moslanuvchanliknii ta’minlash. 3-4- sinf o’quvchilari nisbatan barqarorligi bilan boshqa sinf o’quvchilaridan ajralib turishadi chunki kichik maktab yoshining yuqori davrida bolalarda barqarorolik holati yuzaga keladi, va bu davrda ular ham ruhan ham jismonan muvozanatga keladi va bu o’z navbatida bilish jarayonlarining yuqori tartibda ishlashini ta’minlab beradi ya’ni bu yoshda diqqat ko’chuvchanligi bir muncha susaygan qabul qilish jarayoni hattoki 45 daqiqani ham tashkil etadi. Bu davrda bilim olish uchun eng optimal davr hisoblanganligi uchun pedagoglardan faqatgina kuchli pedagogic darslarni tashkillashtirish ya’ni o’qituvchilarda bilim saviyani yanada kuchaytirish uchun har xil mantiqiy savollarni berish va asosiysi ulardagi bilimga bo’lgan chanqoqlikni qondirish. O’rta maktab yoshi davri bolalarda katta hayotga bo’lgan adaptatsiya davrini hosil qiladi. Bu davrda bolalarda ijtimoiylashuvga bo’lgan munosabatni shakllantira olish lozim. Ijtimoiylashuv jarayonini tashkillashtirish uchun bolalarda xar xil musobaqa va o’yinlar tashkil qilinadi. Bu davrda bolalarda ruxiy va jismoniy o’zgarishlar sodir bo’lishi tufayli ko’pgina ruxiy va jismoniy zo’riqishlar paydo bo’ladi. buni oldini olish va korreksiya qilish maqsadida tarbiyasida o’zgarish sezilgan bolalarga, psixolog bilan birgalikda xar xil individual suhbatlarni tashkil qilish lozim sanaladi. Bundan tashqari bu davrda bola bilan yaqin do’st bo’lish va ularni qo’llab quvvatlovchi ko’pgina chora tadbirlarni ko’rishi lozim. Yuqori sinf o’quvchilari bilan ishlash jarayoni nafaqat o’qituvchi balki psixologlar uchun ham muammoli sanaladi. Bu yoshdagi o’quvchilar o’smirlar va o’spirinlarni tashkil qiladi. Bu yoshdagi krizislar boshqa davr krizislariga nisbatan ancha qiyinroq kechadi. Chunki bu davrda tana birdaniga yangilanadi va tezlik bilan rivojlanib boradi. Fiziologik o’zgarishlar o’z navbatida psixologik o’zgarishlar ya’ni psixologik krizislarni keltirib chiqaradi. Bularni barchasini inobatga olgan holda bolalar bilan do’stona munosabat qilishga uriniladi , chunki bu davrda bolada ,,men’’ konsepsiyasi shakllanib u ham qayerdadir o’z o’rnini borligini bildirib qo’ygisi shuningdek o’zini namoyon qilgisi keladi. Shu sababli ularga kattalardek muomala qilishlari kerak bo’ladi. Maktab o’quvchilari bamisoli oppoq qog’oz o’qituvchilar unga nimani yozsa hayotida davomida u shularni o’qiydi mana shu bitiklar bilan u hayot poydevorini quradi. Bu poydevorning mustaxkam bo’lishi o’qituvchi pedagoglarning salohiyati va saviyasiga bog’liq. Poydevori mustaxkam bo’lgan bino dars ketmaydi, u bino yuksaklarga ko’tarilguncha uni ushlab maxkamlab turadi, bir so’z bilan aytganda insonni komillikka elitadi. Pedagog o’z faoliyati davomida psixologdan yordam olgani kabi psixolog ham pedagogdan o’quvchi shaxsi to’g’risida bir qancha ma’lumotlarni olishi lozim. Pedagog o’z faoliyati jarayonida psixologdan ko’ra ko’proq bolalar bilan ishlaydi. Demak u bola haqida psixologdan ko’proq narsalarni biladi. Bu ma’lumotlar hech qachon psixolog faoliyati uchun ortiqchalik qilmaydi. Sinfdagi o’quvchilarda bo’layotgan o’zgarishlarni biz o’qituvchilar orqali surishtirishimiz lozim. O’qituvchilar va psixologlar faoliyatining birligi ta’lim tarbiya jarayonini to’g’ri shakllantirish bu shakllantirilgan tarbiya orqali bolalarni kelaljakda barkamollika mukammallikka yetkazishdir Tarbiya tarixini o`rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan Shug’ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta`sirning samarali yo`l, metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya haqidagi g’oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo`la boshlagan. Bu pedagogika fanining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Jahon mutafakkirlari o`zlarining pedagogik g’oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo`shdilar. Bu jarayonda o`zbek mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo`shgan hissalari cheksizdir. Tarbiya haqidagi g’oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma`lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g’oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta`limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Kishilik tarixida islom ta`limotining tarbiya haqidagi g’oyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur`oni Karim va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma`naviyati, axloqi, e`tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo`llari bayon qilingan. Tarbiya haqidagi g’oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy, Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlari kattadir. Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma`naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fanlari rivojlanishni biologik va sotsial hususiyatlari o`zaro chambarchas bog’liq bo`lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali bo`lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta`sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta`lim va tarbiya hamda faoliyatning ta`siri, ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma`lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog’liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma`lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muammolariga to`g’ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta`sir etadigan sabab va vositalarni bilish zarur. Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta`sirida sodir bo`ladi. Bular irsiyat, ya`ni biologik omil hamda muhit, ta`lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma`lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo`ysunadi. Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’lig’pi biologik omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo`lgan irsiyatning, ya`ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e`tibor bermoqdalar. Har bir bola insonlarga xos tug’ma hususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug’ilgandan so`ng unda shaxs bo`lib shakllanish, yetuk inson bo`lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo`ladi. Bola o`zining avlod-ajdodlaridan ko`pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan-naslga o`tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Shunday ekan, sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim. Oilaning sog’lomligini, ota-onaniig totuvligi, bir-birini tushunishi, qo`llab-quvvatlashi o`zaro izzat-hurmati belgilaydi. Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o`rab olgan muhit ta`sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta`sir ko`rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishi yoki yo`q qilishi mumkin. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta`sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to`g’ri ijobiy ta`sirini amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o`zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari tarbiya muhitning salbiy ta`siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo`lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo`ladi. Pedagogik jihatdan to`g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o`yin, mehnat, o`qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o`zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o`zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o`yin, o`quvchi hayotida o`qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir. O`quvchilarning rivojlanishida o`quv jarayonlarining ahamiyati va ta`siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o`zlashtirish ularning tafakkurini o`stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo`lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy hulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo`lishidan qat’iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma`naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo`ladilar, o`zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko`rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas`uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o`z-o`zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O`z-o`zini tarbiyalashga ota-ona, o`qituvchining tarbiyaviy ta`siri yanada samarali bo`ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o`zaro bir-biriga ta`siri va munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to`g’ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta`sir ko`rsatadi. Kamol topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi. Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta`minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o`zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo`lmog’i uchun tarbiya jamiyatning tarbiya oldiga qo`ygan talablarini, shaxsning o`ziga xos hususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchiligini e`tirof etish bilan birga ularning o`zaro bir-biriga ta`sirini tan oladi. Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo`lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo`ladi. Tarbiya jarayonida o`sayotgan avlodning yosh va o`ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma`lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o`quvchi-talabalarning har birining o`ziga xos hususiyatlari mavjud. Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta`lim tarbiyaga bog’lab o`rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to`g’ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqiyotda shaxsning o`zi ham faol ishtirok etadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta`lim-tarbiya-shaxsning o`zi faol ishtirok etgandagina uning tug’ma layoqatini uyg’otadi, iste`dod, qobiliyatlarini o`stira oladi. Agar kishi o`z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste`dodi tezroq va kuchliroq ro`yobga chiqa boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, ba`zan kishi bir soha bilan qiziqadiyu, uning qobiliyati boshqa sohada ro`yobga chiqadi. Bunday hodisalar ko`proq hali kishining qobiliyatlari to`la ro`yobga chiqmagan va shakllanib bo`lmagan hollarda yuz berishi mumkin. Qobiliyat va iste`dodning ro`yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o`z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste`dodli kishilar o`z iste`dodlari-iqtidor kuchini to`la ro`yobga chiqarish uchun o`z ustilarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur yunon notig’i-nutq ustasi Demosfenning (eramizdan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvafaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto mashara qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yelkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan o`z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o`z kamchiliklarini bartaraf etish uchun irodalilik va qat`iyatlilik ko`rsatadi: u og’ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib so`zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo`yida to`lqinlar shovqinida nutq so`zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she`rlar o`qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo`ydi, u odati bo`yicha yelkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Demosfen haftalab uydan chiqmay notiqlikni o`rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining yarmini qirdirib tashladi. Bunga o`xshash misollarni ko`plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan kitob mutolaa qilganlari, A.V.Suvorov, Amir Temurlarning harbiy san`atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir. Hayotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim kishilarda bolalik va maktabda o`qigan yillarida qulay muhit bo`lishiga qaramay tug’ma iste`dod va qobiliyat nishonalari ko`rinmaydi. Biroq, keyinchalik qunt va mustaqil ishlash, g’ayrat va qat`iyatlilik natijasida ular katta qobiliyat egalari sifatida maydonga chiqishadi. Mashhur kishilar hayoti shuni ko`rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab, o`n yillab o`z oldilariga qo`yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetish yo`llarini hormay izlashdir. Har bir inson to`kis hayotga to`la imkonlar bilan yaratilgan. Ammo har bir kishi o`ziga xos o`quv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega. Demak, kishi o`zining shaxsiy hayot yo`lini topa olsa, shu vaqtda uning hayoti jo`shqin, faoliyati ijodkor, mehnati unumli, foydasi mo`l bo`ladi. Kishi aslida haqiqiy baxtiyorlikka mehnat jarayonida erishadi. Bu vaqtda unga g’oyibona ruhiy madad beriladi, moddiy-ma`naviy yaratuvchanlik, yangi g’oyaviy fikrlar uni amaliy-ijodiy yo`llarga chorlay boshlaydi. Shuning uchun ota-ona, oila a`zolari, bog’cha, maktab, ta`lim-tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi, qiziqishi, qobiliyatiga asosan kasb egallashiga mas`uldirlar. O’quvchi-yoshlarga insonlarning nodir va betakrorligini, dunyoviy, diniy ilmlarni uyg’unligini tushuntirib berish zarurdir. Shundagina yoshlar ayrim g’ayridiniy oqimlar aslida noto`g’ri ekanligini ongli tushunadilar. Har bir kishi azaliy yaxshi taqdir bilan yaratilgan. Agar kishi o`z hayot yo`lini topa olsa, uning ongi mustaqil rivojlanib borib ong osti yo`nalishiga tusha olsa xuddi to`lqinlarning mos kelishi kabi insonda ma`naviy ruhiy mutanosiblik sodir bo`lib, u mukammal kamolot yo`liga kiradi. Qadimdan ta’lim tarbiya jarayonini muxim sanashgan va hozirga qadar shunday. Bolaga ta’lim tarbiya berish jarayonini yanada takomillashtirish va sifat ko’rsatgichlarini oshirishmaqsadida maktablarda psixolog faoliyati yo’lga qo’yildi. -Psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni ta’lim jarayoni hamda psixologik hayotga tadbiq etish , - ilg’or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik - pedagogic tashxis tizimiga axborot komunikatsiya texnologiyalarini samarali tadbiq etish, - psixologik yo’nalishdagi o’quv metodik majmualarning yangi avlodinii ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. - Turli yosh davrlarida o’quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib boorish. - ta’lim tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash ularning shaxsinipsixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini tubdan yaxshilash, o’quvchilarni kasb- hunarga yo’naltirish va psixologik va pedagogic tashxis, korreksion rivojlantiruvchi, maktablarda psixoprofilaktika va psixolgik xizmat ishlarini tashkil qilish va samaradorligini oshirish - Pedagogik jamoalarda sog’lom psixologik muhitni yaratish va qo’llab – quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli hatti harakatlarni korreksiyalash va psixologik madaniyatni yuksaltirish. - Ta’lim jarayoni barcha subyektlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, o’quvchilar va pedagogic jamoalarda, o’quvchilar oilalarida sog’lom psixologik muhitni saqlash bo’yicha choralar belgilash, kelib chiqishi mumkun bo’lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini toppish, aniqlangan muammolarni hal etishda amaliy yordam ko’rsatish. - Istedodli va iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning individual – psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o’rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun sharoit yaratish. - O’quvchilarning tug’ma layoqati, qiziqishlari, qobiliyati hamda kasb hunarga moyilliklari asosida to’g’ri kasb hunar tanlashlariga ko’maklashish. - o’quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy so’rovlar va psixologik pedagogic tashxis qilish orqali ularning ta’lim tarbiya jarayoniga, ijtimoiy kasbiy muhitga samarali moslashuvini ta’minlash - Pedagog xodimlar o’quvchilar hamda ularning ota onalarini psixologik – pedagogic bilimini oshirishga ko’maklashish - Ijtimoiy muammolarni, xulqida salbiy ta’sirlarga moyilligi mavjud bolalar va o’smirlarni psixologik kuzatib borish, ularning xulq – atvor motivlarini o’rganish, ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmaslik holatlarini korreksiyalash ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish. - axborot psixologik xurujiningxavfi, internetning salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan ,,ommaviy madaniyatning’’ kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni o’tkazish. - O’quvchilarning ta’lim tarbiyasi , o’quvchi-yoshlar xulqidagi moyilliklar, shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi , ijtimoiy muammolari bo’yicha psixolog va pedagog xodimlar, ota –onalar va jamoat tashkilotalrining samarali hamkorligini ta’minlash. Xulosa Pedagog va psixolog faoliyatini birgalikda yaratilishi dars jarayonlarini o’quvchilarda neyropedagogik xususiyatlaridan kelib chiqqan holatda darsni tashkil qilishga olib keladi. Bunda esa albatta o’quvchi bilish jarayonlarining rivojlanishi va ortiqcha zo’riqishlarsiz dars jarayonini tashkil qilishga erishiladi. Bunda tashqari pedagog va psixolog faoliyatning ahamiyatli tomoni shundaki pedagog o’quvchilar bilan individual shug’ullanishi va ularning psixologik holatdan bohabar bo’lishi, qiziqishi bolanig neyrologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda darsni tashkillashtirilishiga erishiladi. O‘quvchilarni faolligi va darsning qiziqarli, samaradorligi har jihatdan o‘qituvchi tajribasi va izlanuvchanligiga bog‘liq. Hozirgi kunda noan`anaviviy darslarni, turli metod va texnologiyalarni tashlash bo‘yicha juda keng imkoniyatlar berilgan. Sababi, ijodkor, ilg‘or o‘qituvchilar va metodistlarni ish tajribalaridan “Ma`rifat” gazetalari, “Boshlang‘ich ta’lim” jurnallarida namuna sifatida chop etilayotgan noan`anaviy darslardan va turli tadbirlar, metodlar haqida tushunchalardan foydalanish mumkin. Undan tashqari o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashishlari va yangiliklar yaratishini davrning o‘zi taqazo etayapdi. Shunga ko‘ra, badiiy asarlar ustida ishlash ham yangicha usullardan foydalanib o‘tish, ijodkor, izlanuvchi, savodli kitobxonni yetishtirish va barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagog o’z faoliyati jarayonida kuzatuvchi shuning bilan birga izlanuvchi ham bo’lishi lozim. Pedagogdagi bu jarayonlarni tashkil qilish va uni to’g’ri yo’naltirish psixologning vazifasi sanaladi. Shunday ekan psixolog nafaqat pedagoglar bilan balki boshqa soha vakillari bilan hamkorligi jarayonida ko’plab muvaffaqiyatlarga erishish mumkun. Agar biz maktabni inson sifatida olsak, uning tanasi maktab, ruhiyati va qalbi esa o’qituvchilar sanaladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling