Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti " Fizika va kimyo fakulteti " fizika kafedrasi fizika va astranomiya yo‘nalishi


Download 497.57 Kb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi497.57 Kb.
#1110639
  1   2   3   4
Bog'liq
Akbarova Hilolaxon


Chirchiq 2022

Reja: . 1Kvant yuzaga kelishi va kengayish tarixi. tushunchalarning 2. Stefan-Boltsmann ishlari. 3. Vin va Reley-Jins ishlari.

Plank aslida mutlaqo yangi fan sohasini barpo qilishni o‘ziga maqsad qilgan emasdi. U aslida mumtoz fizika sohasining qonunlari orqali aniq bir masalaning aniq bir xususiy holini tekshirmoqchi edi. U mutlaq qora jism deb ataluvchi faraziy qattiq jism modelini tadqiq qilgan. Bunday qora jism nazariy jihatdan qaralganda, o‘zining sovuq holatida sirtiga kelib tushayotgan barcha nurlanishlarni yutishi, qiziganda esa, o‘zidan barcha diapazonda nurlanish taratishi lozim edi. Plankkacha ham qora nurlanish nazariyasini barpo qilishga bo‘lgan urinishlar ko‘p uchragan, lekin ularning barchasi oqibatda barbod bo‘lgan edi. Qisqa to‘lqinli nurlanishlar sohasini o‘ta aniqlik bilan bayon qiluvchi formulalar (masalan Vin formulasi) uzun to‘lqinli nurlanishlar sohasiga tadbiq qilinganida nihoyatda beo‘xshov xatoliklar berardi. Va aksincha, uzun to‘lqinli nurlanishlar sohasini mufassal bayon qiluvchi formula (Reley-Jins formulasi) qisqa to‘lqinli nurlanishlar sohasi uchun umuman yaramas edi. Plank ushbu formulalarini umumlashtirib, elektromagnit nurlanishlarning hamma sohasi uchun umumiy bo‘lgan tenglamani keltirib chiqarishni maqsad qiladi. U empirik yo‘ldan borib, muayyan haroratda, nurlanish energiyasining to‘lqin uzunligiga bo‘lgan nisbatini katta aniqlik bilan o‘lchash orqali izlanishga kirishdi. Uzoq va mashaqqatli izlanishlardan so‘ng Plank shunday ixcham va mukammal formulani olishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin bu formula olim oldiga katta bir shart qo‘ymoqda edi: unga (formulaga) ko‘ra xulosa qilinsa qora jismning nurlanishi, shu choqqacha amalda bo‘lgan mumtoz fizika uqtirganidek, uzluksiz ravishda sodir bo‘lishi mumkin emas ekan. Aksincha, qora jismning nurlanishi diskret ravishda, ya'ni, alohida-alohida bo‘laklar (porsiyalar) ko‘rinishida taralar ekan. Shunday nurlanish porsiyasining birlik qiymatini (ya'ni, bir porsiya nurlanishni) Maks Plank "kvant" deb nomladi. Shu tarzda Plank fizika fanini tamomila yangi o‘zanga burib yubordi.



Download 497.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling