Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti “ biologiya” yo`nalishi 20/2 guruh talabasi muxamadaliyev otabekning toshkent


Download 184.76 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi184.76 Kb.
#1608651
Bog'liq
XISOBOT (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA KAFEDRASI
BIOLOGIYA YO‘NALISHI 2-KURS 20/2-GURUH TALABASI
OTABEK MUXAMADALIYEVNING PEDAGOGIK AMALIYOT

HISOBOTI
CHIRCHIQ -2022



TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI “ BIOLOGIYA” YO`NALISHI 20/2 GURUH TALABASI MUXAMADALIYEV OTABEKNING TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ SHAHARIDAGI 7-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABIDA OLIB BORGAN PEDAGOGIK AMALIYOT BO`YICHA
XISOBOTI

2022-yil 10-fevral kuni Pedagogik amaliyot boshlanishiga bag`ishlangan ilmiy uchrashuv konferensiyasi bo`lib o`tdi. Konferensiyada Biologiya kafedrasi mudiri Fayziyev.V.B , kafedraning professor o`qituvchilari, Qorayev.S Ramazonov.B pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, amaliyotchi talabalarning burch va vazifalarini tushuntirib berishdi. Pedagogik amaliyot hujjatlaridan na`munalar ko`rsatildi. “Biologiya” kafedrasidan amaliyot uchun biriktirilgan o`qituvchi Sharipboyeva.Y.M so`zga chiqib, amaliyot jarayonida o`qituvchilar bilan birgalikda olib boriladigan ma`naviy, ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar bo`yicha ko`rsatmalar berdi.


Metodist o`qituvchi Qorayev.S amaliyot davri pedagogic dastur bilan tanishtirib chiqdi va barcha ishlar 8 haftaga taqsimlab chiqildi. Topshiriqlarni bajarish tartibi, guruh bilan ma`naviy-ma`rifiy ishlar olib borilish mazmuni tushuntirildi, talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Pedagogik amaliyotning 11.02.2022 yil birinchi kuni biriktirilgan maktabga keldim. Meni maktab direktori Ashurova Mavjuda Yoqubovna kutib oldi. Men uchun biologiya o`quv xonasi biriktirildi. Shu xonada kichik majlis o`tkazdik Majlis davomida men O`TIBDO` Xamdamova Malohat Ochilovna va tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor muovini Masharipova Dono Yangiboyevna maktabning ichki tartib qoidalari bilan tanishtirib chiqdi. O`quv yili amalidagi dars jadvallarini tushuntirishdi. Sinflar taqsimlab berildi. Menga pedagogik amaliyot davrida 8-“A”, 8-“B”, 8-“D”, 8-“G”, 10-“A”, 10-“V” sinflari biriktirildi.
Menga biriktirilgan sinf rahbari Davronova Nodira Uranbayevna ma`naviy-ma`rifiy ishlar rejasi bilan hamda guruh o`quvchilari bilan tanishdim. Sinf o`quvchilarining qiziqishlari, xohish-istaklari , ehtiyojlarini o`rgandik , o`zim uchun ma`naviy-ma`rifiy ish rejasini ishlab chiqishni o`rgandim. Ular bilan yaqindan tanishish uchun tarbiyaviy soat o`tkazdim. Ular sinfda 30ta bo`lib, ulardan 10 nafari o`gil bola qolgan 20 nafari qiz bola. 10-“A” sinf o`quvchilari axil bir-biri bilan yaxshi kelisha oladi va vazifalarni mustaqil bajara oladigan sinf bo`lganligi bilan maktabda ajralib turar ekan. Fan olimpiadalarida fahrli o`rinlarni olishi bilan ham ajralib turarkan.
Darslarni 18-fevral kunidan o`tishni boshladim. Darslarni o`tishda biologiya fan o`qituvchisi Davronova Nodira Uranbayevna darslarni boshlashga va o`tishga yaqindan yordam berdi. Men maktabning ilg`or o`qituvchilari Xamdamova.M Davronova.N va Masharipova.D o`tgan darslarini tahlil qilgan holda dars o`tish metodlarini, o`quvchilar bilan til topishish yo`llarini, o`qituvchilik mahoratini va ish tartiblarini kuzatib o`rganib bordim.
Dars o`tishdan oldin men “Biologiya” fani yillik ish rejasi va tarbiyaviy soatlar yillik ish rejasi bilan tanishib chiqdim. Har bir kelgan kunim uchun dars tahlilini yozib va uni amaliyot kundalik daftariga qayd etib bordim.
Menga Xamdamova Malohat Ochilovna kunlik darslarni bo`lib berdilar. Birinchi men 8-“G” sinfiga “Nerv sistemasi va uning faoliyati” mavzusini o`tdim. So`ngra boshqa sinflarga ham dars o`tishni boshladim. Menga biriktirilgan barcha sinflar bilan tadbirlarda ishtirok etishni boshladim. Ular bilan yaqindan tanishdim.
Darslar davomida 3-chorak uchun o`quvchilardan nazorat ishi oldik. Chorak baholarini o`quvchilarni konspek daftarlari, og`zaki javob berishlari , dars jarayonida faolliklariga qarab, baholash mezoni asosida baholash bilan tanishdim.

Bahor mavsumida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etdim. Hozirda respublikamizda bo`layotgan “Yashil makon” dasturi asosida bo`layotgan tadbirda ham ishtirok etdim. Men bu dasturiga o`z hissamni qo`shdim. Terak, olma, yong`oq va olcha ko`chatlarini o`tkazdim.


Maktab metod birlashmasini o`rganib chiqdim. Metod birlashma raisi bilan tanishdim. O`qituvchilarning ish tajribalarini kuzatib o`rganim bordim.


Xulosa o`rnida shuni aytamoqchiman, maktab menga institutdan olgan bilimlarimni mustahkamlashga yordam berdi. O`qituvchilik kasbi naqadar mashaqqatli va sharafli kasb ekanligiga amin bo`ldim. Pedagogik amaliyot davomida menga yaqindan yordam bergan Toshkent viloyati Chirchiq shahar 7-umumiy o`rta ta`lim maktab mamuriyatiga rahmat aytaman. Bundan tashqari fan o`qituvchilariga metodist Qorayev.S , amaliyot uchun kafedradan biriktirilgan Sharipboyeva.Y.M ga ham o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
Download 184.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling