1.Vodorodning nisbiy molekulyar massasi nechchiga teng?
2.Vodorod havodan necha marta yengil?
3.Vodorod qaysi modda bilan xona haroratida birikadi?
4. 2:1 nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi qanday ataladi?
5.Vodorod katalizator ishtirokida azot bilan reaksiyaga kirishib qanday moddani hosil qiladi?
6.Gidridlar deb nimaga aytiladi?
3-shart Kim o`zar deb nomlanadi bunda guruhlardan bittadan o`quvchi chiqadi va kartochkada beriladigan masalalarni doskada bajaradi.
Masalalar:
1)3,2 g FeO ni qaytarish uchun qanday hajmda vodorod kerak?
2)4,48 l vodorod olish uchun qancha ruh metali kerak?
3)Sintetik yo`l bilan olingan kislotalardan
birining tarkibi quyidagicha
H-2,1%; N-29,8% ;O-68,1% ushbu kislota formulasini aniqlang.
O`quvchilar masalani doskada yechgunlariga qadar qolgan o`quvchilar
bilan
4-shart Qo`lini ko`tardeb nomlanadi.Bunda o`qituvchi tomonidan tarkibida turli kislota saqlovchi tabiiy manbalar aytib o`tiladi o`quvchilar esa faqat tarkibida limon kislota saqlovchi manbalar nomi aytilganda qo`llarini ko`tarishlari kerak.Masalan:LIMON, ANOR, APELSIN, BEHI,OLMA, MANDARIN. OTQULOQ, KIVI, SHOVUL, G`O`RA, ISMALOQ, QICHITQI O`T,ASAL
ARI ZAHARI
Xatolikka yo`l qo`ygan o`quvchilar quyidagi savollarga javob berishi kerak.
1.Uzum yoki olmani bijg`itishdan qaysi kislota olinadi?(sirka)
2. Sutni achishidan qaysi kislota hosil bo`ladi?(sut kislota)
3.Silos tayyorlanganda qaysi kislota hosil bo`ladi?(sut va moy kislota)
5-shartTanib oldeb nomlanadi bu shartda har bir guruhdan bittadan ishtirokchi kartochka tortib doskada ikkita ustun bo`ladi shu ustunlarga mos reaksiya tenglamalarni yozishi kerak1-ustunda Vodorodni laboratoriya va sanoatda olinishi:2-ustunda Vodorodning kimyoviy xossasiga doir.
O`quvchilar 5-shartni bajargunlariga qadar
qolgan ishtirokchilar bilan
Sen o`yla men topaman o`yinini o`ynaymiz bunda ikkitadan o`quvchi chiqadi biri ikkinchisiga davriy sistemadagi element massasini aytadi u qaysi element ekanligini ikkinchi o`quvchi topadi.
Hurmatli o`quvchilar bugungi mavzuni yakunlashdan avval sizlar uchun kimyoviy terminlardan ayrimlarini yozib beranam daftarga yozib yodlab kelamiz;
Hydrogen-
vodorod zink- rux
Mater-
suv Chlorine- xlor
Acid- kislota
chloride acid- xlorid kislota;
Mavzuni mustahkamlash uchu ekranda test beriladi va o`quvchilar 3-daqiqa ichida ishlab topshiradi.O`quvchilar test yechgunicha konspekt daftar va rasmlar tekshiriladi.
Darsda yaxshi qatnash gan o`quvchilar rag`batlantiriladi.Baholar qo`yiladi.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib konspekt qilish.5 ta test savoli tuzish.