Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o'qitish metodikasi 19/3 -guruh talabasi


Vodorodning nisbiy molekulyar massasi nechchiga teng?


Download 1.17 Mb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1176561
1   2   3
Bog'liq
ochiq Dars ishlanmasi

1.Vodorodning nisbiy molekulyar massasi nechchiga teng?
2.Vodorod havodan necha marta yengil?
3.Vodorod qaysi modda bilan xona haroratida birikadi?
4. 2:1 nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi qanday ataladi?
5.Vodorod katalizator ishtirokida azot bilan reaksiyaga kirishib qanday moddani hosil qiladi?
6.Gidridlar deb nimaga aytiladi?
3-shart „Kim o`zar “deb nomlanadi bunda guruhlardan bittadan o`quvchi chiqadi va kartochkada beriladigan masalalarni doskada bajaradi.
Masalalar:
1)3,2 g FeO ni qaytarish uchun qanday hajmda vodorod kerak?
2)4,48 l vodorod olish uchun qancha ruh metali kerak?
3)Sintetik yo`l bilan olingan kislotalardan birining tarkibi quyidagicha
H-2,1%; N-29,8% ;O-68,1% ushbu kislota formulasini aniqlang.
O`quvchilar masalani doskada yechgunlariga qadar qolgan o`quvchilar bilan
4-shart „Qo`lini ko`tar“deb nomlanadi.Bunda o`qituvchi tomonidan tarkibida turli kislota saqlovchi tabiiy manbalar aytib o`tiladi o`quvchilar esa faqat tarkibida limon kislota saqlovchi manbalar nomi aytilganda qo`llarini ko`tarishlari kerak.Masalan:LIMON, ANOR, APELSIN, BEHI,OLMA, MANDARIN. OTQULOQ, KIVI, SHOVUL, G`O`RA, ISMALOQ, QICHITQI O`T,ASAL ARI ZAHARI
Xatolikka yo`l qo`ygan o`quvchilar quyidagi savollarga javob berishi kerak.
1.Uzum yoki olmani bijg`itishdan qaysi kislota olinadi?(sirka)
2. Sutni achishidan qaysi kislota hosil bo`ladi?(sut kislota)
3.Silos tayyorlanganda qaysi kislota hosil bo`ladi?(sut va moy kislota)
5-shart“Tanib ol“deb nomlanadi bu shartda har bir guruhdan bittadan ishtirokchi kartochka tortib doskada ikkita ustun bo`ladi shu ustunlarga mos reaksiya tenglamalarni yozishi kerak1-ustunda Vodorodni laboratoriya va sanoatda olinishi:2-ustunda Vodorodning kimyoviy xossasiga doir.
O`quvchilar 5-shartni bajargunlariga qadar qolgan ishtirokchilar bilan
„Sen o`yla men topaman “o`yinini o`ynaymiz bunda ikkitadan o`quvchi chiqadi biri ikkinchisiga davriy sistemadagi element massasini aytadi u qaysi element ekanligini ikkinchi o`quvchi topadi.

Hurmatli o`quvchilar bugungi mavzuni yakunlashdan avval sizlar uchun kimyoviy terminlardan ayrimlarini yozib beranam daftarga yozib yodlab kelamiz;


Hydrogen- vodorod zink- rux
Mater- suv Chlorine- xlor
Acid- kislota chloride acid- xlorid kislota;

Mavzuni mustahkamlash uchu ekranda test beriladi va o`quvchilar 3-daqiqa ichida ishlab topshiradi.O`quvchilar test yechgunicha konspekt daftar va rasmlar tekshiriladi.


Darsda yaxshi qatnash gan o`quvchilar rag`batlantiriladi.Baholar qo`yiladi.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib konspekt qilish.5 ta test savoli tuzish.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling