Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o'qitish metodikasi 19/3 -guruh talabasi


Download 1.17 Mb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1176561
  1   2   3
Bog'liq
ochiq Dars ishlanmasi





Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o'qitish metodikasi 19/3 -guruh talabasi
Aminjonov Habibjonning
“Vodorod –oddiy modda. Vodorod sof ekologik yonilg’i.”
mavzusida yozgan ochiq dars
ISHLANMASI




Sana___________
sinf__________________ Fan :kimyo

Mavzu: Vodorod - oddiy modda.


Vodorodning fizik va kimyoviy xossalari


Ta`limiy maqsad:Vodorod elementlari fizik va kimyoviy xossalari yuzasidan o`quvchilar
bilimini mustahkamlash.Ushbu bob bo`yicha
o`quvchilarda kimyoviy tajriba o`tkazish malakasini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vodorod elementining tabiatda va inson hayotidagi
ahamiyatini tushuntirish bilan o`quvchilarda tabiat,
ona-Vatan va yurtga sadoqat g`oyalarini singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarning kimyoviy savodxonligini
oshirish, mustaqil fikrlash va shu asosida ishlashga
o`rgatish,fanga nisbatan qiziqishlarini uyg`otish.
Kommunikativ kompetensiya:Jamiyatda o`zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy birikmalar vamazkur birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas balki xorijiy tilda ham bilish.
Dars usuli:”Tanishtiruv”,” Aqliy hujum ”,” Qiziqarli tajriba ”
“Qo`lni ko`tar”,“Meni tanib ol”,”Kim o`zar”,”Sen o`yla men topaman”
Darsning jixozi :Davriy sistema,videoproektlar,rux metali,xlorid kislota,
probirkalar,shtativ,quruq yoqilg`i,
Dars usuli: interfaol
Tashkiliy qism: Good morning pupils!
Ho is on duty today!
Ho is absent?
What season is it now?Do you like winter?
Why you like winter?
Hurmatli o`quvchilar yangi mavzu „Vodorod oddiy modda .Vodorodning fizik kimyoviy xossalari“.Yangi mavzuni boshlashdan oldin o`tilgan mavzularni takrorlab olamiz.Turli shartlar asosida o`yin tarzda o`tilgan mavzularni takrorlaymiz.
1-shart“Tanishtiruv“bunda guruhlar o`zlarini tanishtiradilar.

„Cl“-guruhining she`ri:

Sarg`ish, yashil gazdirman,
Bo`g`uvchi ham zaharli.
Suvda yaxshi eruvchi,
Ham tuz hosil qiluvchi.
Galogenlar ichida,
Eng kuchli oksidlovchi.
Oksidlarim juda ko`p,
Kislota ham birqancha.
Turmushda tabobatda,
Ishlatar meni barcha.



„O“-guruhining she`ri:
Kislorodman oq ko`ngil,
Sizga tanish metalmas.
Atom massam o`n olti,
Tartib raqamim sakkiz.
Uchta izotopim bor,
Uch og`amdir vafodor.
Atmosfera havosin,
Men erkin a`zosiman.
Davriy jadval erkasi,
Olam mo`jizasiman.

„H“guruhining she`ri:


Men yonuvchi havoman,
Ehtiyot bo`ling do`stlar
Nomim vodorod erur,
Yaqin bilsangiz agar.
Rangsiz,xidsiz eng yengil,
Gaz modda men bo`laman.
Koinotda tarqalgan,
Eng ko`p modda bo`laman.
Yulduzlarning tarkibin,
O`zim tashkil qilaman.
Yana ajoyib xossam,
Sizlarga aytsam do`stlar,
Metallarga yutilib,
Tezda g`oyib bo`laman




Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling