Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi


Download 162.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1580635
1   2   3
Bog'liq
Nazarov Samandar Maʼmuriy sud ish yuriti

1. 
fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan va nizolashayotgan huquqlari
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to’g’risidagi; 
2. 
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
ishlar. 
3. 
bundan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari 
bo’yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar 
mustasno. 
Yuqoridagi masalalar taalluqlilik masalasi bo’lsa, tegishlilik masalasi ham bundan 
alohida ravishda hisoblanadi. Ma’muriy sud faqat yuqoridagilarga aloqador 
bo’lgan masalalarni ko’radi. 
Ma’muriy sudga tegishliligi esa qaysi instansiyadagi sudlar aynan qaysi 
masalani ko’rishi hisoblanadi. Ya’ni qaysidir instansiyadagi sud sudda qaysi 
masaallarni ko’ra olishi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga quyidagi 
ishlar tegishli va u bu masalalarni birinchi instansiya sifatida ko’rib chiqadi: 
1. idoraviy normaiv huquqiy hujatlar yuzasidan nizolashish to’g’risidagi 
ishlar; 
2. O’zR Markaziy saylov komissiyasi qarorlari ustidan nizolashish 
haqidagi ishlar 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday 
ishni istalgan ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya 
bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga 
o‘tkazishga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ish kassatsiya tartibida takroran 
ko‘rib chiqilayotganda hal qiluv qarori, qaror bekor qilinib, uni birinchi 
instansiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilayotganda ishni o‘z 
ish yurituviga birinchi instansiya sudi sifatida qabul qilishga haqli. 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 5-bobida 
sudlovga taalluqlilik va tegishlilik masalasi hal etilgan. Mazkur bobning 2-
paragrafida sudlovga tegishlilik haqida berilgan. 
28-moddaga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudi, 
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O’zR Oliy 
sudiga tegishli masalalardan tashqari ma’muriy sudga taalluqli boshqa 
barcha ishlar tumanlararo ma’muriy sudida ko’rilshi belgilangan. 
Demak kazusdagi vaziyatda ishning sudga taalluqli jihati mavjud. 
Negaki yuridik shaxsning buzilgan huquqlarini himoya qilish yuzasidan 
ishni ma’muriy sudga taalluqli deb topsa bo’ladi. 
Kazusdagi vaziyatda tegishlilik masalasinin yoritsak, “LIFE” MCHJ 
ish yuzasidan Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Bu 
holatda tegishlilkka ham amal qilingan. Tegishlilikni yana bir asosiy 
qoidalaridan biri bu – arizachi o’z arizasini huquqlarini buzgan qarorni 
chiqargan ma’muriy organ joylashgan joydagi tegishli ma’muriy sudga 
kiritishi belgilangan. Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza 
qilish boshqarmasi esa aynan Nurafshon shahrida joylasshgan. Demak, 
ishning taalluqliligi ham tegishliligi ham to’g’ri. 
Apellatsiya shikoyatini berish tartibi Ma’muriy sud ishlarini yuritish 
to’g’risidagi kodeksning 26-bobida o’z aksini topgan.
Apellatsiya shikoyatini ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki ishga jalb 
qilinmagan bo’lsada manfaatdor shaxs birinchi instansiya sudining qonuniy 
kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berishi mumkin. Bundan tashqari 
prokuror ham apellatsiya protestini kiritishga haqli. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya 
sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan faqat 
tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq nizolar yuzasidan apellatsiya shikoyati 
berishga haqlidir. Sudning hal qiluv qarori ustidan toliq yoki qisman 
shikoyat qilinishi mumkin. 
Apellatsiya shikoyati tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori 
ustidan berilganda ishni Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudi, 
viloyat va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan; 
Hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — 
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent 
shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha 
qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati 
tomonidan ko‘riladi. 
Apellatsiya shikoyati hal qiluv qarorini chiqargan sudga beriladi. Hal 
qiluv qarorini qabul qilgan sud apellatsiyani 5 kun ichida uni apellatsiya 
instansiyasi sudiga ish bilan birgalikda yuboradi. 
Apellatsiya hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy 
ichida berilishi kerak. Bir oydan kechikish ham mumkin. Agar sud buni uzrli 
deb topsa muddat tiklanishi mumkin. Muddatni tiklash to’g’risidagi ajrim 
qabul qilinadi. Apellatsiya yozma shaklda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyatini 
ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi 
shikoyat ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan 
kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda 
hal qilinadi. Apellatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish, qabul 
qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ishda ishtirok 
etuvchi shaxslar bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. 
Apellatsiya shikoyatini ko’rish tartibi Ma’muriy sud ishlarini yuritish 
to’g’risidagi kodeksning 215-moddasida apellatsiya instansiya sudi 
tomonidan ishni ko’rib chiqish tartibi berilgan. Unda: 
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida belgilangan 
xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ko‘rish 
qoidalari bo‘yicha ko‘radi. 
Apellatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga 
birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning predmetini yoki asosini o‘zgartirish 
haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi qoidalar, 
shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun 
belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi. 
Apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini 
o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya 
shikoyatini bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning 
kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi, 
bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar 
bo‘yicha prokurorning kelmaganligi mustasno deyilgan. 
Apellatsiya ishni ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir 
oydan ortiq bo’lmagan muddat ichida ko’rib chiqish talab etiladi. 
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) 
ko‘rish natijalari bo‘yicha: 
1) sudning hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga; 
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror 
qabul qilishga; 
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga; 
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni 
tugatishga yoxud arizani to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirish; 
5) Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidai kodeksga muvofiq hal 


qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko’rish uchun yuborishga 
haqli.
Quyida sud hujjatining asoslantiruvchi qismini yozishga harakat qilib 
ko’ramiz... 



Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling