Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN HAL QILUV
Download 162.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Nazarov Samandar Maʼmuriy sud ish yuriti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN HAL QILUV
QARORI 01.05.2023-yil 1-1201-1132/312 Toshkent viloyati Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining ochiq sud majlisi o’z binosida bo’lib, raislik qiluvchi sudya D.Choriyev, sudya yordamchisi N.O’razovning kotibligida taraflardan javobgar Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, arizachi “LIFE” MCHJ va ularning vakillari ishtirokida. Arizachi “LIFE” MCHJ javobgar Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2021-yil 13-mart sanasidagi 541-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat yuzasidan to’plangan 1-1201-1132/312 sonli ma’muriy ishni ko’rib, quyidagilar ANIQLANDI: Arizachi “LIFE” MCHJ javobgar Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2021-yil 13-mart sanasidagi 541-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so’ragan. Javobgar Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi qabul qilgan 541-sonli qarori yuzasidan tushuntirish berdi. Unga ko’ra Ohangaron tumanida shu kungacha har turdagi mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanib kelayotgan, ishda arizachi bo’lib ishtirok etayotgan“LIFE” MCHJning faoliyatini 15 kunga to’xtatib turish haqidagi 2021-yil 13-martdagi 541-sonli qarorini qabul qilgan. Javobgar Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mazkur ishini izohlashda so’ngi paytlarda ishlab chiqarish hajmi keskin darajada oshganligi tufayli arizachi “LIFE” MCHJ tomonidan kanalga chiqaradigan(tashlanadigan) turli xildagi chiqindilarining hajmi ham keskin ravishda o’sganligini asos sifatida keltirgan. Bunday turdagi chiqindilar atrof muhitga jiddiy zarar yetkazayotganligi, nochuchuk bo’lgan kanal suvi ifloslanayotganligi, uning oqibatida hayvonlar orasida kasallanish soni ortayotganligini vaj qilib keltirdi. Undan tashqari oxirgi paytda hududda kuzatilayotgan kuchli yog’ingarchilik sababli suv sathi ko’tarilganligi va ifloslangan kanal suvi toshib, atrofga tarqalishi oqibatida yuzaga keladigan atrof muhitning chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish maqsadida ma’lum muddat(yog’ingarchilik kamaygunigacha) “LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to’xtatish to’g’risidagi 541-sonli qarorini qabul qilinganligi ma’lum bo’ldi. Download 162.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling