Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi
tomonidan 2021-yil 13-mart kuni faoliyati natijasida kanalga tashlanadigan
chiqindilar tabiatga katta zarar yetkazayotganligi
sababli Ohangaron tumanida
faoliyat yurituvchi “LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to‘xtatib turish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi. Bundan norozi bo‘lgan “LIFE” MCHJ 2-may kuni Nurafshon
tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib viloyat ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish boshqarmasining qarorini bekor qilishni so‘radi.
Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi D.Choriyev arizani
qanoatlantirishni rad etdi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi
apellatsiya shikoyati
keltirgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Apellatsiya shikoyati berish tartibi hamda apellatsiya instansiyasining
ishni ko`rib chiqishidagi o‘ziga xos jihatlarni qonun hujjatlari va shaxsiy
fikringiz yordamida tahlil qilib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini
tayyorlang.
Kazus va uning savollariga javob berishdan oldin avvalambor taalluqllik va
tegishlilik masalasi haqida qisqacha so’z olib borsak maqsadga muvofiq bo’lardi.
Aslini olganda ular bir – biriga yaqin, qaysidir jihatdan olganda
bir xildek
tushunchalar hisoblanadi
Taalluqlilik deganda biror bir masalaga bog’liqlik, aloqadorlikni tushinish
mumkin. Tegishlilik degani ham ayni shu ma’noda. Masalan, bu kompyuter
menga
talluqli desa ham, bu kompyuter menga tegishli desa ham noto’g’ri bo’maydi.
Lekin sudlovga tegishlilik va sudlovga taalluqlilik bir – biridan farq qiladi.
Ma’muriy sudlovga quyidagi ishlar taalluqlidir: