Toshkent viloyati Ohangaron tumani xtb tasarrufidagi 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Abdiraupova Zarnigorning


Download 1.12 Mb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#252018
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf dars ishlanma adabiyot

Darsda foydalaniladigan usullar: ,,kim chaqqon”, ,,Klaster” kabi usullar.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: 6-sinf darsligi, ko’rgazmali qurollar, kompyuter,

mavzuga oid rasmlar, yopishqoq belgilar (stiker),marker .



Darsning texnologik xaritasi:



Dars bosqichlari

Vaqti

1

2

3

I.

Tashkiliy qism

2 daqiqa

II.

O`tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

III.

Yangi mavzu bayoni, guruhlarda ishlash

16 daqiqa

IV.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

V.

Dars yakunlash, o`quvchilarni baholash

5 daqiqa

VI.

Uyga vazifa berish

2 daqiqa


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

-- salomlashish, davomatni aniqlash;

-- siyosiy va ma’naviy daqiqa o’tkazish.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Yozgi ta’til topshiriqlari bo’yicha savol-javob qilish.ta’tilda qanday kitob o’qiganligi va uning g’oyasi haqida so’raladi. 7-sinfda o’tilgan mavzular bir –bir esga olinadi.



Savol- javob.

  1. Ta’tilda kim qanday kitob o’qidingiz?

  2. Kitobdan tashqari qaysi mavzularda she’rlar yod oldingiz?

  3. Yana qanday qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug’ullandingiz?

III. Yangi mavzu bayoni:

Badiiy adabiyot bilan oshno tutinishning beqiyos afzalliklari juda ko’p. Masalan, olam va odamga boshqacharoq nazar bilan boqishi, fikrlash doirasining kengayishi, har qanday masala yuzasida mulohaza yurita olishi turli ishga qunt bilan yondoshishi, bosiqlik, mulohazakorlik kabi o’zgarishlarni o’zida seza boshlaydi.

Har qanday adabiy asar inson ma’naviy dunyosini boyitishning asosiy omillaridan biri, ma’lumki insoniyat ma’naviy olamining asos tushunchalardanbiri- gumanizm, odamga va olamga shafqatli munosabatda bo’lish xislatidir. Kundalik hayotda har kuni ham kishi shafqatga, yordamga muhtoj odamlarga duch kelavermasligi, turli fojealar girdobida qolgan kishilar bilan hamsuhbat bo’lib, ular dardini o’z qalbiga ko’chirib bilmasligi, darddoshlik tuyg’usini o’tkir his qilmasligi tabiiy. Vatanning qadrini har narsadan yuksakka qo’yadi.

Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatni ertangi kunini o’ylab odamlarni ezgulik, insof, diyonat , mehr-oqibat, bag’rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so’zi har qachongidan han muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni yozuvchi : “Ey odamzod, ko’zingni och, sen nima uchun yashayapsan, inson degan yuksak nomga munosib bo’lish uchun nima qilyapsan?” degan savollarni kitobxon oldida , jamiyat oldida qat’iy qilib qo’ya olsagina , o’zining insoniy va ijodiy butchini bajargan bo’ladi.

Albatta, adabiyot hayotdan quruq nusxa ko’chirish , “hayotidagiga o’xshatib yozish ” degani emas. Agar shunday bo’lganida so’z san’atining qadri ham, qiymati ham bo’lmas edi. Hayot haqiqati badiiy haqiqat ga aylanishi uchun ijodkor tug’ma istedodga ega bo’lishi lozim.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling