D) o`zidan oldingi qatnashchiga havas qildi.
E) eski kiyimlaridan xijolat tortdi.
7 BALL
To`g`ri javob : a shoh bilan qo`l berib ko`rishmadi
7-SAVOL:
To`g`ri fikrlang
Matn mazmunidan kelib chiqib qaysi xulosani to`g`ri deb baholaysiz?
A) Yaxshi inson yaxshilik qiladi, yomon odam yomonlik qiladi.
B) Inson istasa yaxshilik qiladi,ammo gohida yomonlik ham qilib qo`yadi.
D) Yaxshi odamlar hech qachon yomonlik qilmaydi.
E) Yomonlar hech qachon yaxshilik qila olmaydi.
10 BALL
To`g`ri javob : b - Birinchi qatnashchi “Yomonlik qilma, yomonlik ketidan yomonlik keladi” deb hammaga qarata aytdi.U yerda yomon odamlar yig`ilmagan.Yigitning “Yaxshilik qil” degan so`zi ham yig`ilgan barchaga qarata aytildi. Demak, inson yaxshilik ham, yomonlik ham qilishi mumkin.
8-SAVOL:
Yaxshilab fikrlang
So`z bahsida podshoh “Yomonlik qilma, yomonlik ketidan yomonlik keladi” degan so`zni eshitib qay ahvolga tushdi?
A) Haq gapligini tan oldi,ammo unga yoqmadi bu.
B) Qilgan yomonliklarini eslab qo`rqib ketdi.
D) Hakamlar qarsak chalgani uchungina u ham olqishlashga majbur bo`ldi.
E) Shu so`zni aytgan kishini yomon ko`rib qoldi.
7 BALL
9-SAVOL:
To`g`ri fikrlang
Hikoyadan qanday xulosa qilsak to`g`ri bo`ladi?
A) Yaxshi so`zni topib gapirish uchun ham farosat kerak.
B) Yaxshi so`z insonni ruhlantirib yuboradi.
D) Dehqon yigitning gapi o`zida isbotini topdi. Yaxshi gap aytgandi, yaxshilik keldi.
E) Barchasi to`g`ri
7 BALL
To`g`ri javob : E barchasi to`g`ri
Do'stlaringiz bilan baham: |