Toshkent viloyati parkent tuman


Download 227.67 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi227.67 Kb.
#1123474
Bog'liq
YIL NOMI





TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMAN
HOKIMI

Parkent tumani 111300, Ichkiqo‘rg‘on ko‘chasi, 5-uy Tel: (70) 72-22-156



«___» __________ 20__yil ____________-son
Barcha korxona tashkilot
va muassasa rahbarlariga

Hurmatli, tumanimizdagi barcha korxona tashkilot va muassasa rahbarlari. Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni Toshkentdagi Kongress-xollda parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida 2023-yilga «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi.


O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilanganligini bosh g‘oya sifatida targ‘ib qilish maqsadida, siz rahbarlik qilayotgan tashkilot binosiga 2023-yil nomi yozilgan bannerlar joylashtirishingizni so‘raymiz.
Yil nomi yozilgan bannerni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.02.2021 yildagi 61-son qaroriga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bexato yozilishini ta’minlagan holda tayyorlashingizni so‘raymiz. Amalga oshirilgan ishlar yuzasida 2023-yil 9-yanvarga qadar tuman hokimligiga ma’lumot kiriting.


Ilova: 1 varaq (2023-yil nomi)
Parkent tumani hokimi v.v.b Y. Abduxamidov

Ijrochi: A.Abdumutalov


Tel.:(99) 845-24-91
Parkent tumani hokimi v.v.b
Y. Abduxamidovga tuman hokimining maslahatchisi A.Abdumutalovdan


BILDIRGI

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni Toshkentdagi Kongress-xollda parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida 2023-yilga «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi.


O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilanganligini bosh g‘oya sifatida targ‘ib qilish maqsadida, tuman hokimligi binosiga 2023-yil nomi yozilgan bannerlar joylashtirishda mablag‘ ajratishingizni so‘rayman.
Tuman hokimining
maslahatchisi A. Abdumutalov

Ilova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni Toshkentdagi Kongress-xollda parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida 2023-yilga berilgan nom:




2023-yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»
Download 227.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling