Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan
Davlat krediti turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 276.9 Kb. Pdf ko'rish
|
4 KAZUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab
- To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha
2. Davlat krediti turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir. Qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko’ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bo’lgan pul mablag’lari yoki boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag’lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. 1- shaxslar hi-soblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy bo’lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga ko’ra tasniflanadi 2 : 1) emitentlar bo’yicha: -markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar; -hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar; 2) joylashtirilish joyiga qarab: ichki qarzlar; -tashqi qarzlar. 3) bozorda aylanishiga qarab: Bozorli qarzlar; bozorsiz qarzlar. Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defitsitini moliyalashtirishda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Bozorsiz qarzlar erkin ravishda o’z egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’lmaydi. Ma’lum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va shu investorlarning o’ziga xos bo’lgan manfaatlariga mos keladi. Masalan, g’arb mamlakatlarida bozorsiz davlat obliga- tsiyalari davlat pensiya fondlari, sug’urta korxonalari va kichik investorlarning mablag’larini jalb qilish uchun chiqariladi. 4) mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra: -qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan); 2 Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik (foshkent TIl Moliya instituti. - Toshkent: "Noshir", 2012. 712-bet. [3] o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha); - uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori). Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib tushishi va xarajatlarini amalga oshirishdagi qisqa muddatli uzilishlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda, bunday maqsadlar uchun veksellar chiqariladi. 5) Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab: garovli; garovsiz bo’ladi Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. Garovsiz obliga-tsiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning ta’minlanish asosi bo’lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari, odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda yuqori bo’lganligi uchun ular qo’shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi. 6) To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha: 3 yutuqli qarz majburiyatlari; - foizli qarz majburiyatlari; -nol kuponli qarz majburiyatlari. Yutuqli obligatsiyalar bo’yicha daromadlarning to’lanishi lotareyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalar katta talabga ega emas. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar esa lotareya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarz majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo’lib, ular bo’yicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to’rt marta to’lanadi. Investorlarning ko’pchiligi ana shunday qarz majburiyatlarini ma’qul ko’rishadi. Davlatning qisqa muddatli qarz instrumentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal bo’yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarz majburiyatlari ham kuponlarga ega bo’lmasligi mumkin. Ular bo’yicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda to’lanadi. Xuddi qisqa muddatli obligatsiyalar singari ular ham nominalidan chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo’yicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini olgan. Download 276.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling