2 760,6 mln.soʻmlik
xarajatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
7 maydagi
“Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-4707-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatidan
roʻyxatdan oʻtgan eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni
eksport qilishda hosil
boʻlgan transport harajatlarining bir qismini qoplash berish mexanizmlaridan keng
foydalanib
132 ta korxonanin jami qiymati
30 510,2 mln.soʻmlik
xarajatlari qoplab
berilgan.
Xususan,
"AGRO CITY" MCHJ", Grain" MCHJ XK, ""LEGUMES" QK
"SOFIA TICARET" MCHJ va "Chirchiq Transformator Zavodi" AO larning
eksport qilishdagi yuk tashish xarajatlari qisman qoplab berish uchun subsidiya
ajratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25 avgustdagi
“Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda,
sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi VMQ-512-son qaroriga muvofiq
38 ta
korxonaning
2 009,7 mln.soʻmlik sugʻurta qoplamalari qisman toʻlab berilgan.
"Plasteks" MCHJ , "Alim-Impex" MCHJ va
"Parkent agrosel Busines" MCHJ
larning sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlari kompensatsiya qilib berilgan.
Shubhasiz, Tashqi iqtisodiy faoliyat davomida mahsulotlarni
eksport qilishda
eksport qiluvchi korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari ham yuzaga
keladi. Eksport qiluvchi korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bartaraf
etish yuzasidan barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.
Shuningdek,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
14
apreldagi “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan
umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash
haqida” gi 216-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyati eksport
va investitsiyalarni
rivojlantirish
masalalari
boʻyicha hududiy komissiya tomonidan eksportchi
korxonalarning muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarining vujudga
kelish sabablari hamda ularni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda
hamda
12,2 mln.dollar miqdorida umidsiz qarzdorliklarni Tashqi savdo operatsiyalarining
yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT) dasturidan chiqarish masalalari koʻrib
chiqilmoqda.