Toshkent xalqaro kimyo universiteti samarqand filiali sirtqi fakultet
Download 110.5 Kb.
|
Bilish- talim jarayonining metodologik asosi Reja
Bilim olish darajasi.
Olingan bilmni yodda saqlash Tushunish Qollash Taxlil qilish Sintez Analiz Talimning gnoseologik asoslari.Oquv jarayonini mantiqiy qurilishi talim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bogliq. Gnoseologiya(yunoncha «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, organish, logiya fan, talimot) bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bolgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, talimot. Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar malum. Ana shu yondoshishlar oquv jarayonini qurish va talim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi. Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qoshgan. U birinchi bolib koinot obektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval korinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda. Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va obekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy. Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy goyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning malum holatini organadi, ozlashtirganlarini ozlashtirilishi zarur bolgan bilimlarga yonaltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bolish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shugullanishidan qatiy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; ushbu tamoyil va malumotlar asosida zarur xulosani chiharishi, yani, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak; xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolgondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, toxtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha nomalum bolgan jihatlarini kelajakda bilib oladi. Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi talimot alohida orin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yoli bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani ozining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari boyicha va dorilar tasirini kuzatish asosida aniqlagan. CHex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda talim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan talimning tabiiyligi goyasi talim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini takidlaydi. YA.A.Komenskiyninng tabiatga bogliqligi haqidagi goyasi garb olimlarining talim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining oquv jarayoniga tasirini korsatib berishga urinishlaridan biridir. XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi orni haqidagi falsafiy dunyoharashlar asosida talim mohiyatini ochib berishga urinib korgan. Olimning fikricha, talim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qoynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak. Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari talim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling