Toshkent xalqaro moliaviy boshqaruv va texnologiyalar unversiteti
Download 418.18 Kb.
|
AKT boyicha wer
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaba______________ O’qituvchi
- 1.Buxgalteriya hisobi AT umumiy xarakteristikasi
- Buxgalteriya hisobi
TOSHKENT XALQARO MOLIAVIY BOSHQARUV VA TEXNOLOGIYALAR UNVERSITETI TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MUSTAQIL ISH Mavzu;__________________________________________________________________________________________________________________________ Talaba______________ O’qituvchi___________________ Toshkent-2023 Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalari Ma’ruza rejasi: 1. Buxgalteriya hisobi AT umumiy xarakteristikasi 2. Buxgalteriya hibida so kompyuterlashgan AT 3. Buxgalteriya AT larini loyihalashtirish 1.Buxgalteriya hisobi AT umumiy xarakteristikasi Xalk xo‘jaligining barcha tarmoqlarida asosiy e’tibor moddiy, mehnat va moliya zahiralaridan yanada ratsional foydalanishga qaratilishi kerak. Bu borada buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir, uni takomillashtira borish esa iqtisodiyotni boshqarishni yaxshilashning zarur shartidir. Buxgalteriya hisobi boshqaruvning muhim funksiyasi bo‘lib, u korxona va tashkilotlarning boshqaruv tizimini mablag‘larining holati haqidagi asosli, ishonchli ma’lumotlar bilan, ularning hosil bulish manbalari va boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishning xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga da’vat etadi. Hozirgi vaqtda korxona va tashkilotlarning hisob apparati xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobini takomillashtirishga oid muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hisob ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish joriy etilmoqda. Buxgalteriya hisobi hozirgi iqtisodiy tizimning muhim qismlaridan biridir. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobi asosan korxona, aksioner jamiyat, muassasa va tashkilotlarda yuritiladi va shu xo‘jaliklar faoliya-tini kuzatib borish va nazorat qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining o‘z ob’ektlari bo‘lib, ular korxona ixtiyoridagi xo‘jalik mablag‘lari, ularning kelib chiqish manbalari va xo‘jalik jarayonlari hisoblanadi. Korxona ihtiyorida ma’lum miqdordagi mablag‘larning bo‘lishi ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishlarining muhim shartlaridan biridir. Buxgalteriya hisobi quyidagilar asosida amalga oshiriladi: Hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya qilish, schyotlar sistemasi va ikki yoqlama yozish usuli, buxgalteriya balansi va hisobot. Buxgalteriya balansi ma’lum bir muddatga xo‘jalik mablag‘lari holati haqida pul shaklida umum-lashgan ma’lumotlar olish uchun xizmat qiladi. Balansda korxona mablag‘larining joylanishi va tarkibi, mablag‘lar manbalarining tashkil topishi haqidagi ma’lumot-lar keltiriladi. Hisobot esa ma’lum bir muddatga korxona ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati natija-lari haqida umumlashgan ma’lumotlar olish usulidir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona xo‘jalik faoliyati natijalari yakunlanadi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari yakuniy usuldir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona xujalik faoliyati natijalari yakunlanadi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiya sintetik schyotlar-mablag‘lar va xo‘jalik jarayonlarining umumlashgan hisobi pul ko‘rsatkichlarida yuritiladigan schyotlardir. Sintetik schetlar yordamida sintetik hisob yuritiladi. Analitik schyotlar esa sintetik schyotlardagi ma’lumotlarni tavsilotlab, konkretlashtirib ko‘rsatuvchi schyotlardir. Masalan, «tayyor mahsulot» schyotida korxonada ishlab chiqilgan tayyor mahsulotning hamma turlari harakati hisobga olinadi. «Materiallar» sintetik schyotining yokilg‘i subschyotida yoqilg‘ining hamma turlari hisobi yuritilsa, analitik schyotlar yoqilg‘ining har bir turi uchun alohida 95 ochiladi va unda yoqilg‘ining har bir turining harakati hisobga olinadi. Subschyotlar – bu bitta sintetik schyot doirasida bir xil analitik schyotlarni qo‘shimcha guruhlash usulidir. Buxgalteriya hisobi yozuvlari yuritishga mo‘ljallangan turli shakldagi jadvallar - hisob registrlari deyiladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uch xil hisob registri mavjud: daftarlar (bosh daftar, kassa daftari), kartochkalar va qaydnomalar. Kartochkalar analitik hisob yuritishda qo‘llaniladi va turli shaklda bo‘ladi. Yozuv turlariga ko‘ra xronologik, uzluksiz va kombinatsiyalash-tirilgan registrlar ajratiladi. Xronologik hisob registrlari xo‘jalik operatsiyalarini xronologik tartibda , ya’ni operatsiyaning qisqacha mazmuni, vaqti va summasini yozib borish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan: memorial-order shaklida qo‘llaniladigan «operatsiyalarni ruyxatga olish jurnali» misol bo‘ladi. Sistematik registrlarga «Bosh daftar»ni misol qilish mumkin. Buxgalteriya hisobi shakllari. Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi registrlar soni, vazifalari va tashqi ko‘rinishi; registrlarda xronologik va sistematik yozuvlar, sintetik va analitik hisoblarni qo‘shib olib borish tartibiga ko‘ra; registrlarga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasi. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli. Bunda dastlabki hujjatlar asosida memorial-order hujjati yoziladi. U quyidagi shaklda bo‘ladi: Keyinchalik memorial-order raqamlari va summalari «operatsiyalarni ro‘yxatga olish jurnali»ga tartib bilan yozib boriladi. Ro‘yxatga olingan memorial-orderdan bosh daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi. Bosh daftarda har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi. Memorial-order shaklining kamchiligi shundaki, bunda har bir operatsiya uchun memorial-order tuzilishi va u registrlarga yozilishi kerak, ya’ni har bir operatsiya 7- 8 marta registrlar va hujjatlarga yozilishi darkor. Bu hisob ishlarini murakkablashtiradi. Ko‘pchilik korxonalarda hisobning jurnal-order shakli qo‘llaniladi. Bunda bosh-lang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlar avvaldan schyotlarning korrespondensiyalari qo‘yilgan jurnal-orderlarga yoziladi va jurnal-orderdan bevosita bosh daftarga ko‘chiriladi. Jurnal-orderlar bir sintetik schyot yoki iqtisodiy mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha schyotlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu shaklda hujjatlar aylanishi tezlashadi, sintetik va analitik hisoblar qo‘shilib ketadi, hisobotni qo‘shimcha ishlarni bajarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob registrlaridan tuzish mumkin bo‘ladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, ish xaqi hisobi, moddiy boyliklar hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisob, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish. Buxgalteriya hisobida EHM lardan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladi: hisob ma’lumotlarini qayta ishlashni tezlashtiradi va buxgalteriya ma’lumotlarining operativligini oshirish uchun zarur sharoit yaratadi; iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashda band bo‘lgan xodimlar sonini kamaytiradi; buxgalteriya yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni kamaytiradi; moddiy javobgar shaxslar ishi va moddiy boyliklar xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Download 418.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling