Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti”


Download 35.96 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi35.96 Kb.
#1187389
1   2   3   4
Bog'liq
Biznes asoslari

Me`yoriy xarajatlar
Firma o`z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pullik xizmatlardan foydalanadi. Shuningdek, firma ilgari sotib olingan resurslarni–binolar, mashina. stanok, asbob-uskunalarni ham ishlatadi, ularga ham ilgari xarajatlar qilingan. Bundan tashqari firma ijara xaqi, banklardan olgan qarzi uchun foiz to`lab turadi. Shu boisdan xarajatlar tashqi va ichki xarajatlarga bo`linadi. Tashqi xarajkatlarga ish kuchi. xomashyo, yoqilg`i, energiya sotib olish, transport, aloqa va boshqa xizmatlar uchun, shuningdek, soliqlar uchun to`langan pul kiradi. Binolar, asbob-uskunalar, ijara xaqi va boshqa sarflarning hammasi ichki xarajatlar hisoblanadi. Хarajatlarga, bulardan tashqari, tadbirkorlik me`yordan foydasi ham kiradi. Shunday qilib xarajatlar o`zining kelib chiqish manbalariga qarab har xil sarflardan iborat bo`ladi.
Хarajatlarning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarishning omillari bilan bog`liq. Ishlab chnqarishda esa doimiy va o`zgarib turadigan ikki omil ishtirok etadi. Doimiy omilga bino, inshoatlar, mashina va uskutsalar kiradi. Ishlab chiqarishdagi o`zgaruvchan omillarga qisqa vaqtda va tezdan o`zgartirlish mumkin bo`lgan ish kuchi, xomashyo, yoqilg`i, elektr energiya, har xil materiallar, mayda-chuyda asboblar kiradi, ularni tezda ko`paytirib va ozaytirib turish, ayni paytda ishlab chiqarish hajmini ham o`zgartirish mumkin. Omillarning har xil bo`lishi doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarni paydo etadi.
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o`zgarmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Shunday xarajatlar ham borki, ularning miqdori firmaniig faoliyatiga bog`liq bo`lmaydi, hatto firma ishlamagan taqdirda ham ularni qoplash lozim. Bularga renta to`lovlari (ko`chmas mulk uchun ijara puli), qarz foizi, reklama xaqi, garov puli, amortizatsiya ajratmasi, ijara xaqi, sug`urta puli, oldindan to`lanishi ko`zda tutilgan maoshlar kiradi. Masalan, firma banklar yiliga 10 foiz to`lash sharti bilan 100 million so`m olgan, demak u pul olganidan keyin uni ishlatadimi yoki yo`qmi, baribir, bankka yiliga 10 million so`­­m to`lashi shart. Yoki binoni 150 ming so`mga ijaraga olgan bo`lsa, shu pulni, korxonasi yoki ofisi turgan er uchun er egasiga ham 100 ming so`m er xaqi to`lashi zarur.
Miqdori ishlab chpqarish hajmiga nisbatan to`g`ri mutanosiblikda o`zgarib turuvchi xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar deyiladi.
Bu xarajatlar ish xaqi, xomashyo, yoqilg`i, har xil materiallar va yuk tashish xarajatlaridan iborat. Ishlab chiqarish hajmi ortsa, o`zgaruvchan xarajatlar ko`payadi, qisqarsa, kamayadi Masalan, to`qimachilik fabrikasi 10 million so`mlik gazlama to`qib chiqarish uchun 7 million so`m sarf qildi. Shundan 3 million so`m paxta tolasi, 1 million so`m buyoq, 1 million so`m elektr energiyasi sarfidir, Qolgan 2 million so`m mashina-uskunalar amortizatsiyasi, ijara xaqi va soliqlardan iborat. Aytaylik, fabrika gazlama to`qib chiqarishni 20 foiz oshirib, mahsulot hajmini 12 million so`mga etkazdi. Buning uchun qo`shimcha ravishda paxta uchun 600 ming so`m, bo`yoq uchun 200 ming so`m, elektr energiya uchun 200 ming so`m sarflandi. Ammo bu ish uchun ijara xaqi, mashina-uskunalar sarfini oshirish talab qilinmaydi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, iqtisodiyotda xarajatlarning umumiy mikdori emas, ularning samarasi muhim. Agar xarajatlarga nisbatan yaratilgan mahsulotlar tezroq o`ssa, ish samarali bo`ladi. Shu boisdan o`rtacha xarajatlarning ahamiyati katta.
O`rtacha xarajat mahsulot birligiga sarflangan xarajatdir.
Meyoriy xarajatlar. Me`yoriy xarajat deganda qo`shimcha ravishda mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan qo`shimcha xarajat tushuniladi.
Umumiy xarajatlardagi qisqa muddatli siljishlar faqat o`zgaruvchi xarajatlar hisobiga yuz beradi. Ularni oshirish yoki qisqartirish hieobidan ishlab-chnqarish hajmi o`zgaradi.
Masalan, bosmaxona kitobni ko`proq bosib chiqarishi uchun qog`oz, bo`yoq, karton, elim, ip va elektr energiyasi sarfini ko`paytirishi kerak. Bunda mashinalarni ko`paytirmasdan, ularning ishlash soati oshiriladi. Sarflarni qisqa vaqtda o`zgartirish uchun resurslarni sotib olib, korxonaga keltirishning o`zi kifoya, bu esa uzoq vaqt talab etmaydi. Lekin bu yo`l bilan mahsulot hajmini oshirishning cheki bor. Firmalar tovariga talab oshgan kezlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun uzoq muddat talab etadigan ham doimiy, xam o`zgaruvchan xarajatlarni ko`paytirish zarur. YAna bosmaxona misoliga qaytsak, kitobning bozori chaqqon bo`lib, uni sotishga ko`proq tashlash uchun o`zgaruvchi xarajatlarni oshirish kifoya qilmaydi. Buning uchun yangi tsexlar va omborlar qurish, yangi harf teradigan, bosadigan va muqovalaydigan mashinalarni o`rnatish kerak bo`ladi.
Albatta, uzoq muddatli o`zgarishlar vaqti bir xil emas. Masalan, yangi konni ochib, uni texiika bilan jihozlashga ko`p vaqt, bosmaxona uchun yangi tsex qurib, uni jihozlashga oz vaqt talab etiladi.



Download 35.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling