Misol - Metrologik yordam uchun qo'shimcha talablar uskunaga qarab
to'g'ridan-to'g'ri yetkazib beriladigan Buyurtmachi va Pudratchi o'rtasida
belgilanadi.
4.3.7 Tashkiliy ta’minotga qo’yiladigan talablar
Tashkiliy ta'minot uchun quyidagi talablar beriladi:
1) AT ishlashida ishtirok etayotgan yoki ekspluatasiya qilinishini ta'minlovchi bo‘linmalarning strukturasi va funksiyalariga;
2) ATning ishlash tartibini tashkil qilish va AT xodimlari hamda axborotlashtirish ob'ekti xodimlarining o‘zaro ishlash tartibiga;
3) AT xodimlarini xato xatti-harakatlardan himoya qilishga.
Misol_-_Tizimning_ishlashi_uchun_barcha_zarur_choralar_(shu_jumladan,_xodimlar_bo’yicha_buyruqlarni_tayyorlash)_korilishi_kerak.'>Misol - Tizimning ishlashi uchun barcha zarur choralar (shu jumladan, xodimlar bo’yicha buyruqlarni tayyorlash) ko'rilishi kerak.
4.3.8 Uslubiy ta’minotga qo’yiladigan talablar
Услубий таъминот учун АТ норматив ҳужжатларининг таркибига
талаблар келтирилади (унинг ишлашида қўлланиладиган стандартлар,
нормативлар, методикалар ва ш.к. рўйхати).
Misol - Uslubiy yordam uchun hech qanday talablar yo'q.
5. AT-ni yaratish ishlarining tarkibi va mazmuni
«ATni yaratish ishlarining tarkibi va mazmuni» bo'limi O‘zDSt1986 ga muvofiq ATni yaratish bosqichlari va etaplarining ro'yxatini o'z ichiga olishi kerak. ATni yaratish bosqichlari va etaplarining ro'yxati S ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ushbu bo'limda quyidagilar keltiriladi:
1) ishlarning tegishli bosqichlari va etaplari tugashi bilan taqdim etiladigan O‘zDSt1985 bo'yicha hujjatlar ro'yxati;
2) texnik hujjatlar ekspertizasini o'tkazish turi va tartibi (tekshirilaѐtgan hujjat bosqichi, etapi, hajmi, ekspert-tashkilot);
3) ishlab chiqilaѐtgan AT ishonchliligining talab qilinadigan darajasini ta'minlashga qaratilgan ishlar dasturi (zarur bo'lganda);
4) AT oraliq versiyalarini taqdim etishning taxmin qilinadigan davri. O‘zDSt 1986 ga muvofiq AT oraliq versiyalarini taqdim etish davrlari (iteratsiya) uch haftadan ko'p bo'lishi kerak;
5) tizim funktsiyalari miqdorining to'liqligini ta'minlashga qaratilgan ishlar dasturi;
6) ATni yaratish barcha bosqichlarini bajarish muddatlarini va bajaruvchi tashkilotlarni ko'rsatgan holda ushbu barcha bosqichlarda metrologik ta'minot ishlarining ro'yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |