«toshkentdagi singapur menejmentni rivojlantirish instituti»
HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
Download 227.21 Kb. Pdf ko'rish
|
e086873b919402f0a792ba013eb87e681684915371269 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023 yil 15 aprelga qadar
3. HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
3.1. 2023-2024 o'quv yilida o'qish narhi 32 256 000 (o'ttiz ikki million ikki yuz ellik olti ming) so'mni tashkil etadi. 3.2. TSMRI xizmatlarning narxini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Bunday holatda qo'shimcha kelishuv tuziladi va Taraflar yangi qiymatni hisobga olgan holda o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish majburiyatini oladi. 3.3. O'qish uchun to'lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 3.3.1. shartnoma olingan kundan boshlab 10 (o'n) bank kuni mobaynida – 8 064 000 (sakkiz million oltmish to'rt ming) so'mdan kam bo'lmagan miqdorda. 3.3.2. 2022 yil 15 dekabrga qadar– 8 064 000 (sakkiz million oltmish to'rt ming) so'mdan kam bo'lmagan miqdorda. 3.3.3. 2023 yil 15 fevralga qadar – 8 064 000 (sakkiz million oltmish to'rt ming) so'mdan kam bo'lmagan miqdorda. 3.3.4. 2023 yil 15 aprelga qadar – 8 064 000 (sakkiz million oltmish to'rt ming) so'mdan kam bo'lmagan miqdorda. 3.4. To'lov amalga oshirilgan kun deb TSMRIning bank hisobiga pul mablag'lari tushgan kun e'tirof etiladi. 3.5. Talabaning istagiga ko'ra, o'qish uchun to'lov summasi 3.3-bandda ko'rsatilgan muddatlardan avval to'lanishi mumkin. 3.1-bandda ko'rsatilgan qiymat 3.3.1-bandida ko’rsatilgan muddatga qadar to’liq to'langan taqdirda, Taraflar 3.2-bandda nazarda tutilgan majburiyatlardan ozod qilinadi. 3.6. Talabaning arizasi va to'lov jadvalini o'zgartirish protokoli asosida o'quv to'lovlari TSMRI Moliya qo'mitasining protokol qarori bilan tasdiqlangan yangi jadvalga muvofiq to'lanishi mumkin. Talabaning arizasini qondirish TSMRI Moliya qo'mitasi tomonidan rad etilgan taqdirda, u 3.3-bandga muvofiq o'qish uchun pul to'lovlarni amalga oshiradi. 3.7. To'lov jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Talabaning va Talabaning o'qishiga to'laydigan shaxsning (keyingi o'rinlarda - To'lovchi) o'zaro munosabatlari O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak. 3.8. Talaba va To'lovchi o'rtasidagi huquqiy majburiyatlar ikki tomonning alohida o'zaro kelishuvlari bilan tartibga solinadi, buning uchun TSMRI hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi. 3.9. Talaba TSMRI tashabbusi bilan talabalar ro'xatidan chiqarilganida, avvalgi to'lagan pul mablag'lari qaytarilmaydi. Download 227.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling