Toshkenyt Moliya Instituti Bank ishi Fakulteti Pul va Banklar Fanidan joriy nazorat
Download 30.24 Kb.
|
pul va bank joriy nazorat
Xalqaro kredit XIV-XV asrlarda xalqaro savdo munosabatlari asosida paydo bo’lgan. Xalqaro kredit quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: Xarakteriga ko’ra: davlatlararo, xususiy, firma kreditlari. Shakliga ko’ra: davlat, bank, tijorat. Ko’rinishiga ko’ra: tovar shaklida (eksporterdan importerga), valyuta (bankdan) shaklida. Valyuta turiga ko’ra: qarzdor mamlakat valyutasida, kreditor mamlakat valyutasida, uchinchi mamlakat valyutasida va ma’lum hisob birliklarida (EKYu, SDR, Yevro va boshqalar). Muddatiga ko’ra: qisqa – 1 yilgacha, o’rta – 1-5 yilgacha va o’zoq muddatli – 5 yildan ortiq. Ta’minlanganligiga ko’ra: ta’minlangan (tovar – moddiy qiymatlar bilan – kuchmas mulk va boshqalar), xujjatlar bilan (tovar xujjatlari, veksellar, qimmatli qoђozlar va boshqalar). Tashqi savdodagi o’rni bo’yicha: eksportni kreditlash, importni kreditlash. Eksportni kreditlash quyidagi shakllarda olib boriladi: 1. Xaridor bunaklari shaklida yuzaga keluvchi kredit munosabatlari bo’lib, bunda xaridor bunaklari biror bir mamlakatga yoki eksporterga beriladi. Xaridor bunaklarining mohiyati: birinchidan, ular xorijiy buyurtmachining buyurtmasini ta’minlashning asosi sifatida xizmat qiladi, ikkinchidan, bunak so’mmasi eksporter kapitalining salmoђini oshiradi. 2. Bank tomonidan kreditlash shakllariga ko’ra: eksortyor mamlakat garovi ostida kredit berish, importer mamlakatdan tovar xujjatlari yoki tovarlarini garovga olgan xolda kredit berish. Bank bilan ancha vaqtdan beri birga ishlab kelayotgan ishonchli yirik eksportyor firmalar bankdan tovarlarni garovga quymasdan bank kreditini olishlari mumkin. Importni kreditlash ham tijorat va bank krediti shaklida beriladi. Tijorat yoki firma kreditlari ikkiga bo’linadi. 1. Ochiq xisob bo’yicha kredit (eksporter yuklangan tovarlarni importer qarzi sifatida uning xisobiga yozib quyadi, importer esa kreditni ma’lum bir muddatda to’lash javobgarligini oladi). Bunda qarzdorlik davri tugatilib boriladi. Tovar ham o’z navbatida muntazam junatilib turiladi. Bunda banklar savdo kontr-agentlari xisob-kitoblarida vositachi funksiyasini o’taydi. 2. Xaridorning tulovga layoqatlik xatarini kamaytirish bo’yicha tashqi savdoga beriladigan kreditlarni suђurtalash. Import bo’yicha bank kreditlari veksel bo’yicha quyidagicha bo’lishi mumkin: 1. Akseptli kredit – aksept yoki importer bankning eksporter trattasini to’lash roziligi bilan beriladi. Bunda importer tulov vaqti kelganda bankka qarz so’mmasini ma’lum qiladi, bank uning eksporter oldidagi javobgarligini yopadi. 2. Akseptli-rambursli kredit – importerga xizmat kiluvchi xorijiy bank tomonidan kafolatlash sharti bilan bank tomonidan vekselni akseptlash orqali amalga oshiriladi. Tovarlarni kreditga sotishda faktoring (faktoring kompaniyalari), forfeyting operasiyasi (eksporter tomonidan importerga talab xuquqi bank forfeytoriga beriladi, u esa o’z navbatida bu xuquqni saqlashi yoki xalqaro bozorda sotishi mumkin) usullaridan ham foydalaniladi. Download 30.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling