Тошкет давлат иқтисодиёт университети


Moliyaviy faoliyatga oid xarajatlar


Download 466.5 Kb.
bet14/20
Sana06.09.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1673685
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
курс иши корхона 2019янги

Moliyaviy faoliyatga oid xarajatlar quyidagilardir:
-qisqa muddatli va uzoq muddatli bank kreditlari bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar uchun to’lanadigan haq;
-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foyda (foiz) to’lash xarajatlari;
-moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarning faoliyati bo’yicha moliyaviy natijalari quyidagi tartibda shakllantiriladi:
Xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatining moliyaviy natijalari ushbu ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi:
-mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan yalpi foyda (mahsulot sotishdan tushgan pul bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi);
-asosiy faoliyatdan olingan foyda (mahsulot sotishdan olingan yalpi foydadan davr xarajatlarini ayirish va boshqa daromadlarni qo’shish yoki asosiy faoliyatdan ko’rilgan zararni ayirish yo’li bilan aniqlanadi);
-umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (asosiy faoliyatdan olingan foydaga daromadlarini qo’shish va moliyaviy faoliyatga oid xarajatlarini ayirish orqali hisoblab chiqariladi);
-soliq to’lanmasdan oldingi foyda umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydaga favqulodda foydani qo’shib va favqulodda zararlarni ayirib aniqlanadi;
-sof foyda, u soliq to’lanmasdan oldingi foydadan daromad (foyda) solig’ini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliq hamda to’lovlarni ayirish yo’li bilan aniqlanadi;
-asosiy faoliyatning rentabelligi (sof foydani ishlab chiqarish tannarxiga bo’lish orqali aniqlanadi).


1.2. XUJMShning uy-joy maydoniga qilinadigan foydalanish xarajatlari qiymatini aniqlash tartibi
Turar joy xonasi umumiy maydonining 1 m2ini saqlash va undan foydalanish xarajatlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan yig’ilib, ushbu mablag’lar shirkat daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Uy-joy mulkdorlaridan undiriladigan to’lov shirkatning umumiy yig’ilishi qaroriga asosan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida shakllantirilib, uning yig’indisi smetaning daromad qismida ko’rsatilgan tushumlari miqdorini hosil qiladi.
Turar joy xonasi umumiy maydonining 1 kv.m maydonini saqlash va foydalanish bilan bog’lik to’lovlarni hisoblashda O’zbekiston Respublikasi «O’zkommunxizmat» agentligining 2004 yil 9-avgustdagi 86-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun foydalaniladigan 1 m2 maydonga qilinadigan foydalanish xarajatlari miqdorini aniqlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar» asos bo’lib hisoblanadi.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining turar joy xonasidan foydalanish xarajatlari smetasiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi uch qismga ko’ra guruhlanadi:
a) ishlab chiqarish xarajatlari, ular quyidagi besh guruhdan iborat xarajatlarni o’z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar;

  • ishlab chiqarishga oid mehnatga haq to’lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;

  • ishlab chiqarish bilan bog’liq asosiy vositalar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar.

b) davr xarajatlari:

  • boshqaruv xarajatlari (rais, boshqaruv a’zolari, buxgalter);

  • boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.

v) moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar;

  • qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar bo’yicha xizmat ko’rsatish xarajatlari.

Turar joy xonasi umumiy maydonining 1 m2 ini saqlash va ta’mirlash tariflarini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Turar joy fondini saqlash va ta’mirlash tarifini aniqlash uchun ta’mirlash-foydalanish xizmatlarining me’yoriy tannarxi boshlang’ich asos sifatida olinadi.
T
F
arif miqdorini belgilash uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muayyan hisobot davrida uy-joy fondining foydalaniladigan jami maydoni bo’yicha oladigan daromadlarini aniqlashi lozim. Bu daromadlar tarkibi xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi (energiya manbalari, materiallarning narxi, lavozim maoshlari va shu kabilar o’zgarishi inobatga olinadi) hamda rejalashtirilgan foydadan tashkil topadi. Bunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda yo’naltiriladigan boshqa daromad manbalari chiqarib tashlanadi.
Tarif miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi:

So’m

Bunda: T- turar joy xonasi umumiy maydonining 1 m2 ini saqlash ta’mirlash haqi (tarif);
S - xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi;
F - uy-joy fondidan foydalanish korxonasi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati) foyda ko’rib ishlashi uchun zarur bo’lgan foyda (davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar);
Q - uy-joy fondidan foydalanish tashkilotlarining xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda yo’naltiriladigan boshqa daromad manbalari. Mazkur daromad tarkibiga uy-joy fondiga xizmat ko’rsatish uchun fuqarolar tomonidan to’lanadigan mablag’lar hisobga olinmaydi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash haqida imtiyozlar berilgani munosabati bilan daromadning kamomadini budjetdan qoplash uchun ajratilgan mablag’lar;
- kommunal xizmatlarni sotib daromad oladigan korxonalarga binolar ichidagi suvquvur, oqovaquvur, issiqlik va elektr tarmoqlari hamda qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha kelib tushadigan qoplama mablag’lari;
- turar joy binolaridagi ijaraga olingan noturar joy xonalari ijarachilaridan kelishilgan tariflarda, ammo shirkat a’zolari uchun belgilangan foydalanish xarajatlari tarifidan kam bo’lmagan tariflarda undiriladigan yig’imlar;
- uy-joy mulkdorlari shirkati hududida joylashgan sport-sog’lomlashtirish markazlaridan pullik xizmat ko’rsatish asosida foydalanuvchilardan kelib tushadigan mablag’lar;
- budjetdan tashqari mablag’lar va boshqa manbalardan kelgan mablag’lar, jumladan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq homiylar tomonidan ajratiladigan mablag’lar;
- kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalardan xususiy uy-joy mulqdorlari shirkatlariga kelib tushadigan ajratmalar. Bu mablag’lar rejalashtirilgan aholi to’lovlari tushumi 75 foizdan ortiq hajmda bajarilganda 7% miqdorida va 100% bajarilgan taqdirda 15% miqdorida ajratiladi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan uylarni ta’mirlash va hududlarni obodonlashtirishga yo’naltiriladi;
- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga qarashli hududdagi fuqarolar tomonidan o’rnatilgan shaxsiy avtomobil garajlari va boshqa imoratlar egalaridan olinadigan foydalanish xarajatlari;
- uylarni mukammal ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan ajratilgan mablag’lar;
N – shirkatga tegishli uy-joy fondining foydalaniladigan umumiy maydoni (noturarjoy fondi sifatida ijaraga beriladigan maydon bu hisobga kirmaydi).
Uy-joy umumiy maydonining 1 m2 ini tarifini aniqlashda quyidagi koeffitsientlardan foydalaniladi:

1) qulay-shinamlikning barcha turlariga, shu jumladan liftlar, maishiy chiqindi quvurlariga ega bo’lgan ko’p qavatli turar joy uylarida


Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling