Тошкет давлат иқтисодиёт университети


Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish


Download 466.5 Kb.
bet3/20
Sana06.09.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1673685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
курс иши корхона 2019янги

2.2. Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish
Kurs ishining rejasi talaba tomonidan ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda tuzilishi kerak. Kurs ishning tayyorlangan rejasi kafedra mudiri yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olinishi lozim.
Kurs ishida belgilangan reja topshiriqlarini bajarilish muddatlari ilmiy rahbar tomonidan talabaga belgilab beriladi.
Talaba tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilishi, unda belgilangan vazifalarni (reja savollarini) bosqichma-bosqich hamda ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak.


2.3. Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar
2.3.1. Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak.

  • kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish;

  • mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam berish;

  • talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;

  • talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;

  • kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish;

  • talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.



2.3.2. Ilmiy rahbarning vazifalari
Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

  • kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi;

  • ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko‘mak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi;

  • reja bo‘yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko‘rsatmalar berishi;

  • kurs ishiga taqriz berishi.


Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling