Toshpo’latov Shuhrat baxtiyorovich Urug’li meva bog’lari zararkunandalarining biologik xususiyatlari va ularga qarshi ekologik tozza kurash choralari
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
goza zararkunandalarining biologik xususiyatlari va ularga qarshi ekologik kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ENTOMOFAGLARNING
chiqarish.
Odatda ko‟pgina hammaxo‟r entomofaglar tabiiy sharoitlarda zararkunandalarni mustaqil ravishda kamaytirib tura olmaydi. Buning boisi shundaki, ularning
31
rivojlanishi zararkunandaning tegishli turi ko‟payishi bilan mos kelmaydi. Bunday entomofaglarning nufuzi qo‟shimcha xo‟jayinlar ( o‟ljalar ) ga bog‟liq bo‟ladi va sust ortib boradi.[9.8.]. Agrobiosinozlarda qo‟shimcha o‟ljalar kam bo‟ladi yoki hatto mavjud bo‟lmaydi. Shuning uchun ham qishloq xo‟jalik ekinlariga tushadigan zararkunandalarning tekinxo‟rlari va yirtqichlari laboratoriyalarda ko‟plab urchitiladi va zararkunanda rivojlanayotgan daavrda, lekin tabiiy sharoitdagi tekinxo‟rlar ham bo‟lib turgan paytlarda ular dalaga qo‟yib yuboriladi. Tabiiyki, tekinxo‟r va yirtqichlarni laboratoriya sharoitlarida urchitish texnologiyasi ularni tez va arzon tushadigan holatda ko‟paytirish mumkin bo‟lgandagina qo‟llaniladi. O‟zbekiston sharoitida paxta maydonlarida g‟o‟za tunlami, meva qurti, makkajo‟xori parvonasi kabilarning tuxumlariga qarshi trixogramma avlodidan bo‟lmish tuxumxo‟rlar, kemiruvchi tunlam qurtlariga apanteles, g‟oza tunlamiqurtlariga qarshi-brakon, o‟rgimchakkanaga qarshi – yirtqich kanalar va kanaxo‟r tripslar ; shiralarga, o‟rgimchakkana, g‟o‟za tunlami tuxumlari va kichik yoshdagi qurtlariga qarshi- oltinko‟zlar keng ko‟lamda ishlatilishi mumkin. Tabiatdagi biologik agentlarning foydali faoliyatidan keng foydalanish uchun g‟o‟zaga tushadigan eng asosiy zararkunandalarning tur tarkibini belgilash, shuningdek, ularning biologik va ekalogik xususiyatlarini o‟rganish, entomofaglar ayrim turlarining zararkunandalar nufazini kamaytirishdagi samaradorligini aniqlash lozim. Entomofaglar va akarifaglarning tur tarkibi hamda biologik –ekologik xususiyatlari zararkunandalarning butun rivojlanish davri davomida doimiy uchastkalarda sistemali kuzatish olib boorish yo‟li bilan o‟rganiladi. Zaarkunandaning tuxum, qurt yoki lichinka, g‟umbak va ulg‟aygan individlar kabi barcha rivojlanish bosqichlarida ularning tekinxo‟rlardan zararlanishganligi tahlil qilinadi. Bu tekinxo‟rning har xil turlaridan zararlanadigan xo‟jayinning fazalarini, shuningdek, parazitning rivojlanishi tugallanadigan 32
fazalarini ; parazitning necha bor bo‟g‟in berishi, uning xo‟jayin bilan bog‟liq rivojlanishi va uning hayotidagi boshqa tomonlarni aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga, zararkunandaning rivojlanishidagi fiziologik muddatlarni aniqlash uchun uning ayrim fazalarining miqdoriy nisbati ham belgilanadi. Zararkunandaning zararlanish darajasi ortib, uning nufuzi kamayishi tekinxo‟rlarning samaradorligini belgilaydi. Zararkunanda miqdorining o‟zgarishiga entomofaglarning axamyatini belgilash uchun dalada o‟simlikning zararlanish va zararkunanda sonini hisoblash kerak. Entomofag va akrifaglar ayrim turlarning ahamyatini o‟rganish amalda foydalanish uchun ularning eng istiqbillilarini ajratib olish imkonini beradi. Zararli hasharotlar va kanalarning turli jo‟g‟rofiy zonalarda ko‟payish denamikasidagi axamyatiga to‟g‟ri baho berish ishlari yagona metodika asosida tadqiqot olib borilgandagina bajarilishi mumkin. ENTOMOFAGLARNING
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling