Toshpulatova odinaning batanika fanidan mavzusida


b)Peronosporadoshlar-Peronosporaceae


Download 0.55 Mb.
bet11/12
Sana15.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1201793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Toshpulatova Odina 203 guruh 08

b)Peronosporadoshlar-Peronosporaceae
Bu oilaning keng tarqalgan turkumi fitoftora (Phytophthora) dir. Fitoftora vakillari kartoshka tugunaklarida, pomidor, meva barglarida va ituzumdoshlarniig boshqa tur­larida parazitlik qiladi. Bular orayeida qishloq xoʻjalik ekinlari uchun eng xavflisi Ph. infestansdir. Fitoftora bilan kasallangan kartoshka barglarida qoramtir, qoʻngʼir dogʻchalar paydo boʻladi, bu fitoftora mitseliysidir.Zamburug mitseliysi gaustoriya (surgʻichlar) bilan barg hujayralari ichidagi moddalarning osmotik bosimi yordamida soʻrib oladi. Natijada kartoshka bargi sorgʻayadi va quriydi. Xavo nam boʻlgan paytlarda qurigan kar­toshka bargi ostida oq mogʻor xosil buladi. Bu zamburugʼning sporangiy va konidiyalari toʻplam boʻlib, ularning koʻpayish vazifasini bajaradi. Sporangiysi bir xujayrali, limon yoki tuxum shaklida, koʻpincha bargning ostki tomonidagi ogʼizchalardan chiqib, simpodial shoxlangan holda sporangiy bandlarning uchlarida vu­judga keladi . Limon shaklidagi zoosporangiylar tusiqlar bilan tutashgan boʻlib, yetilgandan kegin uzilib, shamol yordamida boshqa barglarga va kar­toshka tugunaklariga koʻchib oʻtadi. Ular bir tomchi suvda oʻsib, zoosporaga aylanadi. Zoospora maʼlum vaqt davomida suvda suzib, keyin yumaloqlashadi va oʻsib gifga aylanadi. Xosil boʻlgan gif bargning epidermisi orqali sogʻ oʻsimlik va tugunaklarni zararlantiradi. Bu jarayon koʻpincha kechasi yoki erta saxarda sodir boʻladi.Yogʻingarchilik tez-tez boʻlib turgan kunlarda kartoshka
b)Peronosporadoshlar-Peronosporaceae
tugunaklari 7— 10 kunda butunlay chirib ketadi. Zoosporangiy namsiz muhitda tugʼtidan-tugʼri giflarga aylanadi. Bunday hollarda sporangiy spora shaklini oladi. Shuning uchun kartoshka zamburugʼi sporangiysi konidiyalar deb ham ataladi. Kartoshka zamburugʼining mitseliysi qishni kartoshka tugunagida hamda uning chirigan barglarida, tuproqda saprotrof holda oʻtkazadi. Yaxshi quritilmagan va saralanmagan kartoshka tugunaklarida omborxonalarning sernam sharoitida juda tez chiriydi. Bunga sabab kartoshka zamburugʻi amilaza fermenti taʼsirida kraxmalni qandga aylantiradi. Zararlangan kartoshka tugunaklarida bakteriyalar rivojlanib, uni chiritadi. Kartoshkaning chirigan joylarida zamburugʼning mitseliylarida tinim davrini kechiruvchi spora hosil boʻlishi mumkin. Shuning uchun kartoshka saqlanadigan omborxonalar dezinfek­ siya qilinishi va yerga faqat sogʼlom kartoshka tugunaklari ekilishi lozim.
Zamburugʼning jinsiy koʻpayishi oogamiya, oospora kamdan- kam holda tinim davrini kechirgach mitseliyga yoki konidiyasporalarga aylanadi va kasal tarqatishning yangi manbai boʻlib xizmat qiladi. Fitoftora birinchi marta Yevropaga 1845 yilda Amerikadan oʻtgan boʻlib, kartoshkaning ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi. Bu parazitni dastlab 1861 yilda De-Bari oʻrgangan. Uzbekistonda mazkur zamburugʻ kamdan-kam uchraydi, chunki yoz mavsumi seryogʻim boʻmaydi. Fitoftoraning boshqa turlari 200 dan ortiq gulli oʻsimliklarda parazitlik qilib, yer yuzi boʻylab tarqalgan. Masalan, Ph. cambivora Janubiy Yevropada keng tarqalgan. U kashtan daraxtining kambiy xujayralarini yemiradi. Natijada kashtan tanasidan rangli suyuqlik oqadi va ikki-uch yilda daraxt soʻlib

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling