Toshpulatova odinaning batanika fanidan mavzusida
b)Peronosporadoshlar-Peronosporaceae
Download 0.55 Mb.
|
Toshpulatova Odina 203 guruh 08
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar 1.Oʻ.PRATOV BOTANIK (MORFOLOGIYA, ANATOMIYA, SISTEMATIKA,GEOBOTANIKA) Toshkent 2010
b)Peronosporadoshlar-Peronosporaceae
qoladi. Bundan tashsari yongʻoq, dub daraxtlari ham bu zamburugʻ bilan zararlanishi mumkin. Tropik mamlakatlarda oʻsuvchi non daraxti, kakao, palma kabi daraxtlarda ham Ph. parasitica parazitlik kilib, katta zarar yetkazadi. Peronosporadosh oilasiga tuzilishi jixatidan murakkab boʼlgan plazmopora (Plasmophora) va perenospora (Peronospora) turkumi vakillari xam kiradi. Bularning hammasi doimiy parazit boʻlib, yer yuzida oʻsuvchi oʻsimliklarda yashaydi. Ularning koʻp yadroli xujayrasiz mitseliysi taraqqiy etgan boʻlib, xoʻjayin oʻsimlik toʻqimasining oralarida soʻrgʻicchlari bilan oziqlanadi. Jinssiz koʻpaygan vaqtda xoʻjayin oʻsimlikning barg ogʻizchasidan dixomatik shoxlangan sporangiy va konidiyaspora osilib turadi. Konidiyaspora koʻp yadroli, yumaloq shaklda boʻlib, shamol yordamida tarqaladi. Bir tomchi suvdagi konidiyaspora oʻsib zoospora yoki gifaga aylanadi. Vegetatsiya davri oxirida xoʻayin oʻsimlik toʻqimasida oospora hosil boʻladi. Oosporaning oʻsishidan gif taraqqiy etadi. Plazmospora turkumiga mansub xavfli parazit zamburugʻlardan bizda toklarda plazmospora vitikola (Plasmopora viticola) uchraydi. U tokning yashil qismlarida: novda, barg, gʻuncha, gul va mevalarida parazitlik qilib, mildyu kasalligini keltirib chiqaradi. Zamburugʻ mitseliysi xoʻjayin oʻsim -likning bargidagi ogʼizchalar orqali xujayra oraligʻida joylashib, yumaloq gaustoriyalari bilan oziqlanadi. Zararlangan bargning ustida sariq dogʻlar paydo boʻladi. Bargning ostida oq-yashil mogʻor hosil boʻlib, zamburugʻning bandli konidiyasporangiysi joylashadi. 1 sm2 bargda 3 mln. konidiy spora boʻlishi mumkin. Zararlangan barg keyinchalik bujmayib tukiladi. Vegetatsiya oxirida oospora hosil qiladi. Zamburugʼ- b)Peronosporadoshlar-Peronosporaceae ning taraqqiy yetishi oosporaning oʻsishidan boshlanadi. Uning oʻʻsishi bahor oylarida havo namligi 95% va harorat 13°S boʻlgan vaqtda juda jadal boradi. Zamburugʻga qarshi kurash tokni vegetatsiya davrida uch-toʻrt marta bordos suyuqligi bilan purkash, kuzda esa tokning pish -magan novdalari va barglarini kuydirishdan iborat boʻladi. Plazmopora gelianti (P. helianthi)— kungaboqar ildizida parazitlik qilib, oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishini susaytiradi. Zamburugʻning konidiyasporalari bargning ostida mogʻor hosil qiladi. Peronospora (Peronospora) turkumi turlari ham koʼp boʻlib, sporangiy bandi dixomatik shoxlangan. Sporangiysi zoosporalar xosil qilmasdan mitseliyga yoki konidiyaga aylanadi.Konidiyasporalarning hosil boʻlishi ularning quruq sharoitda yashashga moslashganligidan dalolat beradi. Peronospora vakillari gulli oʻsimliklarda parazitlik qilib yashashga moslashgan. Masalan, P.tabaciana tamaki, P. desructor, P. Schachtii— lavlagi va boshqa oʻsimliklarda parazitlik qilib yashaydi. Evolyutsiya jarayonida peronosporadoshlardan albugodoshlar oilasi ajralib chiqan. Ular xam quruqlikda oʻsuvchi yuksak oʻsimlik xujayrasida parazitlik qilib yashaydilar. Ularning eng xarakterli belgisi konidiyasining xoʻjayin oʻsimlik epidermisida shoxlanmagan toʻgʻnogʻich dastalaridan zoosporalar oʻsib chiqadi. Oosporasi xoʻjayin oʻsimlikning xujayra boʻshligʻida hosil boʻladi .Bu oilaning asosiy turkumi albugo (Albugo) dir. Bu turkumning keng tarqalgan turlaridan biri albugo kandidadir (A. Candida). Krestguldoshlar poyasida, xususan jagʻ -jagʻ— Capsella burso pastoris va semizutda — Portulaca oleraceae parazitlik qilib yashab, oq gʻubor hosil qiladi. Xulosa Hulosa qilib shuni aytishim mumkinki .Zamburugʻlar hayotimizda muhim ahamiyatga ega . Zamburugʻlar tabiatda .sanoatda, qishloq xoʻjaligida, oziq-ovqat da muhum ahamiyatga ega.Ularning saprofit vakillari bakteriyalar bilan birga, organik moddalarni anorganik moddalarga aylantirishda muhim rol o’ynaydi. Tuproqdagi organik qoldiqlarning mineral moddalarga aylanishi tuproq unumdorligining oshishi, bakteriyalar bilan zamburug’lar faoliyatiga bog’liq.Zamburug’lar, yuksak o’simlik ildizi bilan birga simbioz xolda yashab mikoriza hosil qiladi. Qo’ziqorin va qalpoqchali zamburug’lar oziq-ovqat sifatida keng iste’mol qilinadi. Tarkibida ko’p miqdorda oqsil bo’lganligi uchun ular juda to’yimli ovqat hisoblanadi.Zamburug’lar tuproqda bakteriyalar, aktinomitsetlar va mikroorganizmlar bilan birgalikda organik moddalarni parchalab, sanitarlik vazifasini bajaradi va tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Zamburugʻ larning zararli tomonlari ham bor.Zamburug’lar o’simlik, hayvon va odamlarda kasallik qo’zg’atish xususiyatiga ega, oziq ovqat mahsulotlarini buzadi. G’o’zada vilt va chirish kasalliklarini paydo qiladi. Ayrim turlari oʻsimliklarda parazitlik qilib hayot kechiradi.Biz zamburugʼlar ning hayot tarzi haqida koʻplab malumotlarga ega boʻlsak ularning foydali tomonlarini oʻrgansak , koʻplab yutuqlarga erishamiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Oʻ.PRATOV BOTANIK (MORFOLOGIYA, ANATOMIYA, SISTEMATIKA,GEOBOTANIKA) Toshkent 2010 2.B.S. ISLOMOV, M.A. HASANOV BOTANIKA (Darslik) Samarqand 2020 3 Sh.J.Tojiboev , R. Avazov Tuban oʻsimliklar (darslik) Toshkent 1995 Internet saytlari: www.google.uz www.google scholar. Eʼtiboringiz uchun rahmat!Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling