Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallar rahbarlari hamda avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning 2023-yil uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy


Download 59.23 Kb.
bet10/11
Sana03.02.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1154121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2023 Буйрук KPI филиаллар буйича читка қилинган ЯКУНИЙ

А = Rk/Ak*40/100
B = Rk/Ak*30/100
D = Rk/Ak*30/100
Bunda Rk-rejadagi koʻrsatkich, Ak-amalda bajarilgan koʻrsatkich. 40, 30 va 30 raqamlari “Toshshaharlransxizmat” AJning 2022-yil 26-dekabrdagi 296-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Jamiyatning filiallari yordamchi xizmatchilar hamda xizmat va xoʻjalik avtomobillari haydovchilari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida belgilangan maksimal foiz koʻrsatkichlari.
Umumiy samaradorlik koʻrsatkichi quyidagi tartibda hisoblanadi:
USK (foizda) = (A+B+D)/3
9. Filial rahbari faoliyatini baholash koʻrsatkichlari:
55 foizdan kam boʻlganda ‒ “qoniqarsiz”;
56 foizdan 75 foizgacha ‒ “qoniqarli”;
76 foizdan 86 foizgacha ‒ “yaxshi”;
86 foizdan 100 foizgacha boʻlganda “aʼlo” deb baholanadi.


4-bob. Filiallar avtobus haydovchilarining samaradorlik koʻrsatkichlari asosida ragʻbatlantirish yoki taʼsir choralarini qoʻllash tartibi


10. Filial rahbari o‘rinbosari Moliyaviy-iqtisodiy tahlil bo‘limi etakchi iqtisodchisi bilan birgalikda hisobot davridan keyingi oyning 3-sanasiga qadar xodimlar faoliyati samaradorligini baholash natijalari boʻyicha ularni har oy yakuni boʻyicha ragʻbatlantirish va taʼsir choralarini qoʻllash boʻyicha filial buyrugʻi loyihasini tayyorlaydi hamda kiritadi.
11. Avtobus haydovchilarining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalari ularni oy, choraklik va yil yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirishni amalga oshirishda asosiy mezon sifatida inobatga olinadi.
12. Avtobus haydovchilarining chorak va yil yakuni boʻyicha ajratiladigan mukofot puli miqdori uning faoliyat samaradorligi bahosi darajasidan kelib chiqib belgilanadi, yaʼni har bir filial rahbari faoliyati samaradorligi natijasi boʻyicha toʻplagan foiz bahosiga nisbatan proporsional tarzda ragʻbatlantiriladi (masalan, faoliyat samaradorligi 50 foiz deb baholangan xodimga mukofot pulining 50 foizi miqdori, 100 foiz deb baholanganda 100 foizi miqdorida ragʻbatlantirish qoʻllaniladi).
13. Yil yakunida reyting baholash natijasiga koʻra faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan avtobus haydovchisiga nisbatan filial rahbari tomonidan mehnat qonunchiligida belgilangan intizomiy choralar qoʻllaniladi.
Bunda faoliyati samaradorligi bir yil davomida har oy yakuni bo‘yicha ketma-ket ikki yoki undan ortiq marotaba “qoniqarsiz” deb baholangan avtobus haydovchisining egallab turgan lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqiladi va mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir choralari qoʻllaniladi.



Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling