K – Yo‘l transport hodisasalari koeffitsiyenti;
L – murojaatlar va shikoyatlarga oʻz vaqtida javob berilganligi;
M – “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining taʼminlanishi.
5. Yuqoridagi maqsadli koʻrsatkichlar filiallarning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari, xodimlarning funksional va ularga biriktirilgan tizimli umumfunksional vazifalaridan, qabul qilingan strategik hujjatlar, shu jumladan hududlar, tarmoqlar va sohalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan, shuningdek, xodimlarning choraklik ish rejalari koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Normativ hujjatlarni qoʻshish kerak
3-bob. Jamiyat tizimidagi filiallar rahbarlarining faoliyati samaradorligini maqsadli koʻrsatkichlar asosida baholash
6. Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda har bir filial rahbari tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erilishini doimiy ravishda (chorak yakuni boʻyicha) tahlil qilib boradi.
7. Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi boshlig‘i tomonidan har bir filial rahbari erishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarining oy va chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 4-sanasiga qadar tegishli ma’lumotlar shakllantiriladi, bunda taqdim etilgan tahliliy materiallar toʻgʻri va asosli ekanligini puxta oʻrganib chiqiladi hamda tasdiqlovchi materiallarni ilova qilgan holda Jamiyat boshqaruv raisiga taqdim etiladi.
8. Koʻrsatkichlarga erishilishini baholashda:
Jamiyatning Umumiy boʻlimi bilan:
1, 2, 3-son kartotekalar hamda “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi nazorat bandlarining bajarilishi holati;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidan kelib tushgan parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, murojaatlari va xatlari bilan ishlash holati;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati;
filial rahbarini oʻz ustida doimiy ishlashi, malakasini oshirib borishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganiladi.
9. Filial rahbarining faoliyati samaradorligini baholash uchun har bir mezon boʻyicha amalda bajarilgan koʻrsatkichni rejalashtirilgan koʻrsatkich boʻyicha foiz nisbati aniqlanadi. Bunda ijro intizomiga rioya qilinmaganlik uchun salbiy koʻrsatkichlar kartoteka va “Ijro.gov.uz” tizimidagi nazorat bandlari, parlament, deputat va senator soʻrovlari, murojaatlari va xatlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda har bir kechiktirilgan kun hamda shaxsiy ish rejaning har bir bajarilmagan bandi uchun 1 foizdan chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Filial rahbarining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijasi barcha mezonlar boʻyicha foiz koʻrsatkichlarning oʻrtacha umumiy qiymatini hisoblab chiqarish orqali aniqlanadi.
Har bir koʻrsatkich boʻyicha alohida foiz quyidagi tartibda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |