Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallar rahbarlari hamda avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning 2023-yil uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy


NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 59.23 Kb.
bet8/11
Sana03.02.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1154121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2023 Буйрук KPI филиаллар буйича читка қилинган ЯКУНИЙ

NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar


1. Mazkur Nizom “Toshshahartransxizmat” AJ (keyingi oʻrinlarda – Jamiyat) tizimidagi filiallar avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.
2. Jamiyat tizimidagi filiallar avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etishdan asosiy maqsad kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan avtobus haydovchilarini ragʻbatlantirish orqali Jamiyat va filiallarning yuqori ish samaradorligini hamda natijadorligini taʼminlash hisoblanadi.
Shu bilan birga, mazkur tizimni joriy etish, yoʻlovchilarning transport xizmatiga boʻlgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, texnik xizmatlar xarajatlarini kamaytirish, transport vositalaridan samarasiz foydalanish ko’rsatkichini qisqartirish imkoniyatini yaratadi.
Har bir avtobus haydovchisining shaxsiy samaradorlik ko‘rsatkichi filialning asosiy faoliyat bo’yicha KPI ko‘rsatkichini shakllantiradi. Bunda har bir avtobus haydovchisi o‘zining oldida qo‘yilgan vazifalarga erishish orqali filialning umumiy faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shadi va o‘z navbatida erishilgan yuqori natijalari uchun ragʻbatlantiriladi.
3. Jamiyat tizimidagi filiallar avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash har oy, chorak va yil yakunlari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.


2-bob. Jamiyat tizimidagi filiallar avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash


4. Jamiyat tizimidagi filiallar avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda – koʻrsatkichlar) tegishli tarkibiy boʻlinmaga xos boʻlgan umumiy hamda ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Quyidagilar avtobus haydovchilarining ish faoliyatini baholashning asosiy indikatorlari hisoblanadi:

Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling