Toshtemirova muborak gulmurodovna mahalliy xomashyolar asosida olingan polisulfid oligomerlar sintezi va tadqiqoti


-rasm. Oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan ND-1 oligomerning IQ-spektri


Download 1.66 Mb.
bet18/24
Sana22.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1647434
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Тоштемирова М.Г Oxirgi

3.1-rasm. Oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan ND-1 oligomerning IQ-spektri.
Termik parchalanish jarayonida oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan ND-1 oligomeridagi o‘zgarishlar differensial skanerlovchi kalorimetrik (DSK) da o‘rganildi. Olingan polisulfid oligomerining termik parchalanish ma’lumotlari 3.10-rasmda ko‘rsatilgan.
ND-1 namunasining 200 °C gacha bo‘lgan oralig‘ida DSK egri chizig‘ida hech qanday tebranish kuzatilmaydi. 20-200 °C harorat oralig‘ida DSK egri chizig‘ida bitta kichik endotermik cho‘qqi (171 ° C) kuzatiladi, bu namunaning suyuqlanish yoki strukturaning qayta tiklanishiga mos kelishi mumkin. 200 ° C dan yuqori haroratda namuna bir bosqichda parchalana boshlaydi - (200-270 °C oralig‘ida 7 %/min tezlikda 66% massa yo‘qotish bilan boradi. Parchalanish reaksiyasi endotermik, umumiy parchalanish energiyasi -261 J/g ni tashkil etadi.



3.2-rasm. Tarkibida oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan ND-1 oligomerning DSK grafigi.
Yuqoridagi tahlillar va adabiyot ma’lumotlari natijalariga ko‘ra, ND-1 markali modifikatsiyalangan polisulfid oligomerini olish uchun reaksiya sxemasini shartli ravishda quyidagicha ifodalanishi mumkin:

Sintez qilingan yuqori to‘ldirilgan ND-3 markali oligomer (oltingugurt o‘z ichiga olgan organik birikmalar bilan fosfor(V)-sulfid) ning fizik-kimyoviy xususiyatlari 3.2-jadvalda keltirilgan.
3.2-jadval.
Yuqori darajada to‘ldirilgan oligomerning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

Yuqori darajada to‘ldirilgan oligomer

ND-3

Zichligi, g/sm3 GOST 15139-69

1,40

Tsuyu, oС

130

Ƞxv

0,070

Eruvchanligi

Dimetilformamid

Tashqi ko‘rinishi va rangi

Jigarrang yopishqoq modda

ND-3 tikol oligomerining IQ-spektrida 2906-2858 sm-1 hududlaridagi -CH2- guruhlari mavjudligini tasdiqlovchi yutilish chiziqlari va reaksiyaga kirishmagan erkin gidroksil -OH guruhlariga mos keladigan 3244 sm-1 mintaqasida yutilish zonalari mavjud. Barcha faol guruhlarning egilish tebranishlari 1400 - 1465 sm-1 mintaqasida odatiy egilish tebranish chiziqlari –CH2–СO– o‘rtasida kuchli tor chiziqlar sifatida namoyon bo‘ladi.
1712 sm-1 hududlaridagi yutilish zonalari –CO–S-guruhlari mavjudligini tasdiqlaydi. 979–1014 sm-1 oralig‘ida fosfor P=O va P–O–S bo‘lgan guruhlarning mavjudligi ko‘rinadi. 400-900 sm-1, 1014-1060 sm-1 va 1100-900 sm-1 hududlarida keng intensiv tarmoqli oltingugurtni o‘z ichiga olgan birikmalarni tasdiqlaydi.Bundan tashqari, 600-800 sm-1 hududlarda IQ-spektrida tor past intensivlikdagi chiziqlar paydo bo‘ladi. Oltingugurtni o‘z ichiga olgan birikmaning C-S bog‘larini o‘z ichiga oladi. ND-3 ning IQ-spektrlarini ko‘rib chiqishda dimer indekslari 1402 sm-1 va organik fosfatlar 1126 sm-1 -1215 sm-1 bo‘lgan intensiv -CH2-P- guruhlari ko‘rinadi (3.18-rasm.).
ND-3 markali oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan oligomerning termik barqarorligi DSK da o‘rganildi ND-3 namunasining massasi 207 ° С gacha o‘zgarmaydi. DSK egri chizig‘ida 20-3700C harorat oralig‘ida bitta endotermik cho‘qqi (250 °C da) kuzatiladi. Bu namunaning suyuqlanish haroratiga mos keladi [219; ,220;].





Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling