3.5-rasm. Oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan ND-2 polisulfid oligomerning IQ-spektri.
.
|
3.6-rasm. Tarkibida oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan ND-2 polisulfid oligomerining DSK grafigi.
|
DSK da oltingugurt, azot va fosfor o‘z ichiga olgan oligomer sinfining termik xususiyatlari o‘rganildi. ND-2 namunasining massasi 207 oC gacha o‘zgarmaydi. DSK egri chizig‘ida 200-207 °C harorat oralig‘ida bitta endotermik tepalik kuzatiladi (184,1 °C da), bu namunaning erishiga to‘g‘ri keladi. 207°C haroratdan yuqori bo‘lgan namuna ikki bosqichda parchalanishni boshlaydi – 6%/min tezlikda 265 °C gacha, va 2,55 /min tezlikda 265 °C dan yuqori, umumiy vazn yo‘qotish bilan 73 %. Parchalanish reaksiyasi endotermik, umumiy parchalanish energiyasi -302,7 J/g. 3.6-rasm.
3.2-§ Polisulfid oligomerlarining element va elektron mikroskop analiz natijalarining tadqiqoti
Skanerlovchi elektron mikroskopiya yordamida oligomerlar namunalarning sirt tuzilishi va ular tarkibidagi elementlar miqdori aniqlandi. Namunani sinovdan o‘tkazish uchun dastlab tutqichga mahkamlanib, namuna 5 nm gacha oltin kukuni bilan qoplandi. Namuna sirtini oltin kukuni bilan qoplashda QUORUM Q150 RS asbobidan foydalanildi. Skanerlovchi elektron mikroskop modifikatsiyalangan polisulfid germetik namunasining ichki mikrotuzilishlarini o‘rganish uchun ishlatilgan.
Mikrotuzilishini o‘rganish uchun germetik namunalarini tayyorlash ishlab chiqilgan uslubga muvofiq amalga oshirildi. Modifikatsiyalangan tiokol germetik moddasining yuzasiga qalinligi 5 nm bo‘lgan oltin qatlami vakuumli ion yotqizish birligida surtilgan. Oltin bilan qoplangan namunalar ikkinchi darajali elektron rejimida QUORUM Q150 RS skanerlash elektron mikroskopida amalga oshirildi [215;96-100-b,216;185-190-b].
Do'stlaringiz bilan baham: |