Toshtemirova muborak gulmurodovna mahalliy xomashyolar asosida olingan polisulfid oligomerlar sintezi va tadqiqoti


-rasm ND-2 markali oligomerning mikrotuzilishi


Download 1.66 Mb.
bet21/24
Sana22.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1647434
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Тоштемирова М.Г Oxirgi

3.7-rasm ND-2 markali oligomerning mikrotuzilishi



3.8-rasm. Oligomer ND-2 uchun elementar tahlil ma’lumotlari.
3.5-rasm. Ko‘rinib turibdiki, 100 g tiokolga 5 g kroton aldegid qo‘shilganda, dispers faza zarrachalarining o‘lchami 0,1 mkm dan 0,5 mkm gacha ortadi. Bunda 100 g tiokolga 3 g kroton aldegid qo‘shilganda bunday samara kuzatilmaydi. Agar kroton aldegid bilan dibutilftalat plastifikatori qo‘shilsa, tarkibidagi modifikatsiyalovchi qo‘shimcha miqdoriga to‘g‘ri proporsional ravishda dispers faza zarrachalarining o‘lchami sezilarli darajada ortadi.
3.8-rasm. Oligomer tarkibidagi uglerod, kislorod, oltingugurt, azot, fosfor, natriyning foizini ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan tahlil natijalari asosida ND-2 markali modifikatsiyalangan polisulfid oligomerni olish reaksiyasi sxemasini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin:



3.3-§ Polisulfid oligomer germetiklarining qotish jarayoniga metall oksidlarining ta’siri.
Kroton aldegid asosida modifikatsiyalangan tiokol germetiklar tarkibida to‘yinmagan bog‘lar mavjud. Shuning uchun bu tiokol germetiklar ultrabinafsha nurlarga, ozonga chidamliligi, termik turg‘unligi, -60°C dan 120°C gacha keng harorat intervalida ishlatish mumkinligi kabi bir qator afzalliklarga ega. Kroton aldegid asosidagi tiokollar amalda fizik-mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha suyuq tikollar asosidagi tarkiblardan ancha ustun hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, 2,4,6-(tripropenil-1)-geksagidrotriazina-1,3,5 bilan modifikatsiyalangan germetiklar suyuq tiokollar asosidagi germetiklardan suv, benzin va moyga chidamliligi bilan qolishmaydi.
Metall oksidlari bilan qotiriladigan germetiklar ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishning texnologik hamda retsepturaviy aspektlari quyidagi texnologik qismda keltirilgan.
Polisulfid oligomerlarning tarkibi va tuzilish hamda adgeziyani yaxshilovchi qo‘shimchalardan tashqari, vulkanizatlar tabiati, qo‘shiladigan to‘ldiruvchi miqdori va tabiati ham germetiklarning ekspluatatsion, fizik-mexanik va texnologik, xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Vulkanizatlar tabiatining ta’siri ND-1 tiokol oligomeri asosidagi germetiklar misolida 3.4.-jadvalda keltirilgan.
Panellararo yoriqlar va shishapaketlarni geretiklash uchun qo‘llaniladigan tiokol kompozitsiyalarni olish uchun vulkanlovchi agent sifatida marganes (IV)-oksid ko‘proq mos keladi. Natijada olingan tiokol kompozitlar yuqori darajada elastik tiklanish darajasiga va ultrabinafsha nurlarga nisbatan chidamlilikka ega bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, tiokol va modifikatsiyalangan tiokol kauchuklarining vulkanizatsiya jarayonlari har xildir lekin faol SH-guruhlariga ega bo‘lganligi uchun bizning tadqiqotlarimiz tomonidan aniqlangan faollashtirish usullari bir xil mexanizm bo‘yicha vulkanizatsiya qilingan.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling