Toshvil uz 1 «2023-yilga borib Oʻzbekistonda kredit foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi mumkin»


Download 35.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1161873
1   2
Bog'liq
pdf

toshvil.uz
2
- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida eng asosiy va koʻp kreditlar aynan shu ikki yoʻnalishda
berilmoqda. Toʻgʻri, bu holatda isteʼmolchi sifatida siz haqsiz. Qoramolni arzon olishga ham haqlisiz. Lekin,
jarayonga makroiqtisodiy nuqtayi nazardan ham qarashimiz shart. Koʻpchilik yaxshi eslaydi, 2016-yilda
qoramolchilik, parrandachilik, limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga koʻp miqdorda kreditlar berildi.
Shunda, aynan qoramol xaridi uchun 2,7 trillion ajratilgan edi. Soʻngra goʻshtni va qoramolni narxi keskin
oshib ketdi. Nima uchun, chunki, mavjud qoramollarning maʼlum egasi bor. Siz yangi qoramol egasi
boʻlmoqchisiz, lekin qoramol soni koʻpaygani yoʻq. Bu oʻz - oʻzidan narxlarni oshishiga olib keldi. Shu
sababli biz viloyat hokimliklariga tuyoq sonini koʻpaytirgan holda aholiga kredit berishni talab qildik.
Naqd pul shaklida ham beriladigan kreditlar bor. Misol uchun, vodiy viloyatlarida kasanachilar,
hunarmandlar koʻp. Doʻppidoʻzlar, kashtachilarga kreditni naqd pul shaklida beramiz. Yaʼni kartochkaga
tushirib beriladi. Nonvoylarga kreditning 30 foizi naqd pulda qolgani plastik kartochkaga tashlab
berilmoqda. Bunday shaxslar berilgan tavsiyanomada faoliyatining maʼlum qismi bozorda naqd pul bilan
bogʻliq ekani koʻrsatiladi.
- Bizda ham kreditlar miqdori boshqa davlatlardagi kabi 5-10 foizga tushishi mumkin-mi? Bu borada
qanday choralar koʻrilmoqda?
- Bizda ham yildan yilga pasayib bormoqda. Misol uchun, Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz etib
belgilangani bunda muhim omil boʻlmoqda. Milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz
stavkalari 20,6 foizgacha pasaydi. Xususan, yuridik shaxslar kreditlari boʻyicha foiz stavkalari yil boshidagi
24,3 foizdan 19,5 foizgacha, jismoniy shaxslar kreditlari boʻyicha esa yil boshida 28,1 foizdan 22,3
foizgacha pasaydi. 5-10 foiz boʻlishi uchun inflyatsiya 5 foizga tushishi kerak boʻladi. Balki, 2023-yilga
borib, ana shunday natijaga erisharmiz.

Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling