Toshvil uz 1
Download 45.43 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq
toshvil.uz
2 kadastr hujjati yoʻq. Shu munosabat bilan Prezident koʻchmas mulk kadastri hisobini toʻliq shakllantirish zarurligi, bu soliq solish bazasini kengaytirishda muhimligini taʼkidladi. Undan keladigan mablagʻlar toʻliq mahalliy byudjetga tushadi va ular hisobidan ijtimoiy masalalarni hal etish mumkin. Qurilishdan bino-inshootning kadastr jildini tayyorlashgacha boʻlgan bosqichlarda undiriladigan toʻlovlar asosliligini oʻrganib, ularni kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirish boʻyicha topshiriq berildi. Yer soligʻi hisoblash tizimini ham tubdan qayta koʻrib chiqish kerakligi aytildi. Xususan, viloyat markazlariga yaqin, suv taʼminoti yaxshi boʻlgan hududlarda ham, hosildorligi past joylarda ham yer soligʻi deyarli bir xilda hisoblanadi. Mutasaddilarga yerlarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib soliq hisoblash, bunda oshirilgan va kamaytirilgan koeffitsiyentlarni qoʻllash tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berildi. Shu maqsadda xalqaro ekspertlar jalb qilinib, obyektlarning bozor qiymatini aniqlash tartibi 4 ta tumanda sinovdan oʻtkazilishi belgilandi. Yigʻilishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik yoki yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish muammosiga ham toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilganidek, birgina joriy yilda 50 mingga yaqin holatda 11 ming 200 gektar yer oʻzboshimchalik bilan egallangan, shundan 3 200 gektarda noqonuniy uy-joy qurilgan. Bularning 99 foizi sugʻoriladigan, unumdor qishloq xoʻjaligi yerlari. Agrar yerlarni nazorat va ekinlarni monitoring qilish maqsadida har bir tuman dron bilan taʼminlanishi aytildi. Bundan tashqari, kosmosdagi sunʼiy yoʻldoshlar orqali kuzatuvdan foydalanib, noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlash va qurilishni ilk bosqichidayoq bartaraf etish imkonini beradigan axborot tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu dastlab ayrim viloyatlarda sinovdan oʻtkaziladi. Barcha viloyat, tuman va shaharlarning maʼmuriy chegaralarini aniqlash ishlarini shu yil yakuniga yetkazib, mahalliy kengashlarda tasdiqlash vazifasi qoʻyildi. 2 mingdan ziyod nomsiz koʻchalar, 1 milliondan ortiq raqamsiz uylar borligi qayd etilib, tegishli koʻrsatmalar berildi. Maʼlumki, yurtimizda 21 turdagi davlat kadastri mavjud. Lekin bugungi kunda 9 ta kadastr boʻyicha maʼlumotlar 50 foizga ham yetmaydi. Oqibatda yerlarni auksionga chiqarish uchun turli idoralar joyiga chiqib oʻrganishga, alohida-alohida xulosa berishga majbur va unga 2 oy atrofida vaqt ketmoqda. Xususan, faqat shaharlararo avtomobil yoʻllari boʻyicha kadastr mavjud boʻlib, ichki yoʻllar boʻyicha birorta hududda kadastr tasdiqlanmagan. Shu bois bu boradagi kadastrni toʻliq hujjatlashtirib, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish vazifasi belgilandi. Sohadagi islohotlarni samarali amalga oshirish uchun Kadastr agentligining barcha boʻgʻinlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish, yangi tizim mazmuni va tartibi boʻyicha oʻqitish muhimligi taʼkidlandi. Joylardagi kadastr boʻlimlarining moddiy-texnik taʼminoti va mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ham koʻrsatma berildi. – Umuman aytganda, har bir hokim va sektor rahbarlari yer hisobini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, yerni koʻz qorachigʻiday asrash hududlarning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qiladigan asosiy omillardan biri ekanini anglab yetishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bu orqali uchta muhim masalani, yaʼni, yerdan samarali foydalanishni, fuqarolar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulk huquqini va daxlsizligini taʼminlashni hamda soliq bazasini kengaytirib, byudjet daromadiga qoʻshimcha zaxiralar shakllantirishni hal qilgan boʻlamiz. Videoselektor yigʻilishida mutasaddilar yer va kadastr hisobini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali natijadorlikni toshvil.uz 3 taʼminlash choralari yuzasidan hisobot berdi. Download 45.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling