To'siq orqali chiziqli inshoot o'qini trassalash
Download 96.87 Kb.
|
1 2
Bog'liqto\'siq orqali chiziqli inshoot o\'qini trassalash
to'siq orqali chiziqli inshoot o'qini trassalashTrassa elementlari. Loyihalanayotgan chiziqli inshootning topografik kartaga tushirilgan yoki joyda belgilangan o‘qi trassa deyiladi. Trassaninig asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: plan — uning gorizontal tekislikka proyeksiyasi; bo‘ylama profil — loyihalanayotgan chiziqning vertikal qirqimi. Trassa planda turli xil yo‘nalishdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlar o‘zaro turli radiusdagi aylanalar orqali tutashgan bo‘ladi. Bo‘ylama profilda esa trassa turli nishablikdagi chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib, bu chiziqlar vertikal qayrilmalar bilan tutashgan bo‘ladi.
Odatda, trassa nishabligi katta bo‘lmaganligi uchun uning tasvirini yaqqolroq ko‘rsatish maqsadida bo‘ylama profil vertikal masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 10 baravar yirik qilib olinadi (masalan, gorizontal masshtab 1:10000, vertikal masshtab 1:1000 ). Joyni va loyihalanayotgan chiziqli inshootni aniqroq tasvirlash uchun trassa yo‘nalishiga perpendikular holda vertikal va gorizontal masshtablari bir xil boigan ko‘ndalang profil tuziladi. 0 ‘tkazilayotgan joyning topografik sharoitiga qarab trassalar: vodiy, suvayirg‘ich, tog‘yonbag‘ri va ko'ndalang suv ayirg‘ich trassalariga bo‘linadi.
Download 96.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling