To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh
To'siqiarga qaram ay sevdik
bilan turmush qurib, hayotimni zaharlamoqchi emasdim. Biznikilarning menga o'tkazayotgan bosimlariga munosib i javob berdim. Biz Bahjot amaking bilan birga qochib . ketdik. Ya'ni, shu yo‘1 bilan turmush qurdik. Bir-birimizga atalgan sevgi va hurmat tuyg'ulari yillar davomida ■ goh unday, goh bunday oilamizni saqlab keldi Oilamni kechirgandim, lekin ularga nisbatan gina bilan yashadim. Ammo o'zingdan qolar gap yo'q, oiladan voz kechib bo'lmaydi. Bahjotning o'limi meni tamoman gangitib qo'ydi. Uning o'limidan keyin tushib qolgan bo'shlig'imdan o'zimni chiqarolmadim. Yoningda turgan stol bilan ikki o'rindiq, bizning uyimizdagi suyukli go'shamiz edi. Sen o'tirgan divanda oz- muncha uxlamaganmiz. Sovutkichim, pardalarim, gilamim, kir yuvish mashinam, hatto birgalikda qahva ichgan finjonlarimizni ham o'sha kundan buyon asrab kelaman. Ehtimol u o'lgan bo'lishi mumkindir, qaro tuproqqa ko'milgan bo'lishi mumkindir, ammo men unga bo'lgan muhabbatimni qalbimga ko'mib yubora olmayman. U mening har nafasimda yashaydi. Men uni ko'chib o'tgan shu uyda ham yashataman. Go'yo yonimdadek faraz qilaman. Chunki boshqa choram yo'q. Hayot juda achchiq, Mirach o'g'lim. Hayotning bergan shu qisqa muddati ichida haqiqiy baxtni topganingdan nima foyda? Baribir bir kuni hammasi tugaydi. Bir umr birga umrguzaronlik qilgan bo'lsang ham oxiri yoningda faqat xotiralar qoladi...” O'sha kuni Nasiba xolam bilan birgalikda ko'z yoshlarimizga egalik qilolmadik. Ochig'ini ajM;sam, o'sha kuni go'yo Nasiba xola o'tmishdagi sevgan insonlarimni 84 Mirach Chag'ri Oqtosh va meni sevishini aytgan hammani qarshimga yig'ib keldi va ularga "Sizning sevgingizga tupuraman! Ko'rib qo'ying, sevgi degani mana shunaqa bo'ladi!” degandek bo'ldi. Men o'sha suhbatdan ke)dn anchagacha o'zimga kelolmadim. Ammo Nasiba xola allaqachon bu dardga ko'ngan, qayerga borsa ham o'lgan turmush o'rtog'ini qalbida tirik holda ko'tarib yurardi. Xolaning bu hikoyasi menga bot-bot "Nahotki bunaqa muhabbat hali ham bor bo'lsa?” degan savolni berardi. Chindan ham Nasiba xolaning Bahjot amakiga nisbatan tuygan muhabbati meni qattiq ta'sirlantirgan edi. Va o'sha onda hech kim tomonidan bu darajada sevilmasligimga yana bir bor amin bo'Idim. Amin bo'lganim sari azoblandim. Chunki hozirgi zamonning insonlari bir-birini bu darajada go'zal sevolmaydi. Go'zal sevishni qo'yib turing, umuman sevolmaydi. Sevmaydi. Chunki ularga bu qiyinchilik tug'diradi. O'lganidan keyin ham sevgan insoniga sodiq qolib, unga bo'lgan tuyg'ularini ichiga qamab, undan aslo voz kechmagan bir ayol edi Nasiba xola. Bir hozirgi zamonaning sevgisiga qarang, bir umr yo'ldoshi o'lganiga qaramay, uni va unga bo'lgan muhabbatini shu ongacha tirik saqlashni uddalagan, hatto uyidagi buyumlarni ham u bilan birga ishlatganman deb o'zgartirmagan, agar o'zgartirsam, unga xiyonat qilgan bo'laman, go'rida bezovta bo'ladi deb o'ylaydigan darajada buyuk muhabbat bilan seva bilgan Nasiba xolaga qarang. E'tibor bilan qarang. Chunki bu hayotda bunday go'zal qalbli insonlarga osonlikcha duch kelmaysiz. Ehtimol bunaqalar o'n Download 154.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling