To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Barchamiz hayotda nimagadir bardosh qilib


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Barchamiz hayotda nimagadir bardosh qilib 
yashaymiz. Hech qachon ko'nikolmayman degan 
narsalarimizga esa kun kelib ko'nikamiz.
98


Mirach Chag'ri Oqtosh
Sizda qalb degan narsa yo'q
Qalbida muhabbati bo'lgan inson vafoli bo'ladi. 
Ammo bu his sizga begona. Vafodor insonning qiyofasiga 
kirib olib, bar kulib boqqanga eshik ochdingiz. Har 
SUV uzatganga kurtak yoydingiz. Begona insonlarga 
liam xuddi hayotingizdagi yaqin insonga qaragandek 
qaradingiz. O'tkinchlarga ham sizga "sevaman” degan 
insonlarga bog'langandek bog'landingiz. Sizni doim yangi 
insoniar qiziqtirardi, undan nariga o'tolmadingiz. Asl 
narsaning ma'nosini bilmadingiz; Haqiqiy bilan qalbakini 
ajratolmadingiz. 
Faqat bir insonga tegishli bo'lish 
nima ekanligini bilmadingiz. Sizga nisbatan eng go'zal 
tuyg'ularni uvol qildingiz. Sevmaydigan insonlaringizga 
umid berdingiz. Bu ham yetmagandek, eng go'zal shaklda 
sevadigan insonlarni hissiz insonga aylantirdingiz. Ulkan 
ma'noga boy bo'lgan narsalarni oddiylashtirdingiz. Chunki 
o'zingiz ham oddiysiz!
Eng go'zal tuyg'ularni isrof qildingiz, 
zero, isrof eng og'ir gunohdir.
Bu ham sizning bo'yningizga bir yuk bo'lsin.
99


To'siqiarga qaram ay sevdik
Biz hech qachon benuqson sevilmadik
Insonlar doim tuyg'ularimga nisbatan ojizligimdan 
foydalanishdi. Zero boshimga nimaiki tushgan bo'lsa 
hamma-hammasiga ko'ngilchanligim va qarshimdagi 
insonni o'zimdek o'ylashim sababidan bo'ldi. Sevgi 
borasida kimning eshigini taqillatsam, yuzimga qarsillatib 
yopilgan eshiklar haqida gapiraymi, yo bor-u yog'imni 
o'rtaga tashlab sevgan holda shu bilan kifoyalanib qolmay, 
sevishimni 
isbot 
qilishimga 
qaramay, 
boshqalarga 
almashtirilganimni aytaymi yoki vaqtida qiymati 
ikki 
chaqaga qimmat bo'lgan insonlarning yaqinlarim boshiga 
solgan og'ir ko'rguliklarning o'rnini tuzatish uchun qilgan 
harakatlarim haqida gapiraymi? Ammo shunga qaramay
mening yo'lim vafo, sadoqat, qadr-qimmat va fidokorlik 
tuyg'ularining asl mohiyatini anglagan insonlar bilan sira 
kesishmadi. Kesishgan bo'lsa ham oxiri doim hijron bilan 
yakunlandi. Insonlar sizning og'riqli nuqtangiz qayerda 
joylashganini bilganida bundan juda yaxshi foydalanishadi. 
Ammo bunda bir haqiqat bor, kimgadir ko'ngil qo'ygangizda 
hamma narsa o'zgarib ketadi. Kimgadir ishonmaslik va 
sevmaslik uchun ichgan qasamlaringizni aynan shu onda 
buzasiz. Zero biz hammamiz aynan mana shu nuqtada 
yo'qotamiz. Men boshqa birov ochgan jarohatni tuzatishga 
majbur emasdim.
Men boshqa birovlar ochgan yaraga malham 
qo'yishga majbur emasdim. Men noto'g'ri insonlarga 
ishonishning va suyanishning badalini to'lashga majbur 
emasdim. Bularni qilishga umuman majbur emasdim.
100



Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling