To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Mirach Chag'ri Oqtosh
qattiq sevdim. Sen yashayotgan shaharni nafas olib
chiqarayotganing uchun sevdim. Xushlamagan narsalarim 
sening sevimli narsalaring ekanligini bilib, men ham 
ularni sen bilan birga sevdim. Hammadan qochdim. Butun 
insoniyatdan yuz o'girib, bir senga keldim. Sen bilan 
ovunishni istadim. "Sen undan afzallariga loyiqsan. Senga 
undan boshqa odam qurib qolganmi? U senga umuman 
munosib emas!" deganlarga quloqlarimni berkitdim. Seni 
ayblagan hammaga qarshi chiqdim. Endi bo'lsa o'sha 
insonlarning oldida uyatdaman...
O'zimni sening soxta muhabbating bilan ovutdim. 
Men seni, hatto "Seni istamayman!" degan o'sha so'zingni 
ham balkonimdagi gul tuvaklariga ekishni istaydigan 
darajada telbalarcha sevdim. Meni yarim yo'lda tark 
etganingda ham, ortingdan qoldirib ketgan azoblarga sodiq 
yashagancha, ularga, hatto gard ham qo'ndirmadim. Meni 
tugatib, mana ko'rib qo'y degandek kb'zimning o'ngida 
o'zgalar bilan 
vaqtichog'lik qilishingga qaramay, seni 
baxtli bo'lishingni istadim. Tinglayotgan bar musiqamning 
naqoratida, o'qiyotgan bar bitta kitobimning bar jumla- 
sida senga duch kelishimga qaramay, 
o'sha musiqani 
tinglashda va o'sha kitobni o'qishda davom etdim.
Yer 
yuzida mavjudligimga shubha qiladigan 
darajada meni ko'rmaslikka olganingda ham ko'zlarim 
sendan boshqasini ko'rmadi. Seni bag'rimga bosgan 
vaqtimda iforingdan ich-ichimga to'ldirib olishni istay­
digan darajada senga oshiq edim. Bularning barchasini 
faqat seni sevganim uchun qildim. Pushaymonmanmi? 
O'lgudek!
91


To'siqiarga qaram ay sevdik
Albatta, sening yuraging yo'qligi uchun bunday 
tuyg'ularning farqiga bormaysan. Agar inson sevih 
qolsa, yuragi uning jilovini o'z qo'liga olar ekan va o'zi 
istagan tomonga burar ekan. Ovozing boricha sevma deb 
baqirsang ham u bunga sira quloq solmas ekan. Qalbingga 
so'zingni o'tkazolmas ekansan. Men ham o'tkazolmadim. 
Noiloj edim. Chunki oshiq edim. Ammo oshiqhgimni deb 
qadrsizlandim. 
Hozir tashlab ketgan joyingdan senga 
shivirlayman: Noloyiqsan!

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling