To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

To'siqiarga qaram ay sevdik
Sizning haqqingiz yo'q
Sizni 
sevgan 
va 
sizdan 
ko'ngil 
uzolmagan 
insonlarning dilini og'ritib, ulardan xohlaganingizcha 
foydalanishga haqqingiz yo'q. Agar siz o'sha pokiza 
tuyg'ularini isrof qilgan go'zal qalbli insonlarning 
qadrini bilgan bo'lganingizda, derazadan qaraganingizda 
gullarning tikonlarini ko'rishning o'rniga bahorning 
va sevgining mujdasini keltiradigan moychechaklarni 
ko'rardingiz. Dunyoda faqatgina haqiqiy muhabbatning 
ko'p narsaga qodir ekanligini idrok eta olganingizda, 
haqiqiy ishqni o'z ichiga olgan yurakka hech qanday 
yomonhk ravo ko'rilmashgi kerakligini payqardingiz.
Chorasizhgidan taslim bo'lgan insonlardan foy- 
dalanishdan ko'ra, ularni tushgan nochor vaziyatidan 
qutqarib oHng. Hatto o'zi tushgan nochor holatda ham sizni 
sevishdan bir on to'xtamagan insonlarni pastga urmang. 
Tuyg'ular o'yinchoq emas, ular bilan zinhor o'ynamang. 
Orzular osonhkcha vujudga kelmaydi, ularni puchga 
chiqarmang. Hayotda faqat orzulari bilan ovunadigan 
insonlarning qo'lidan shu imkoniyatni ham tortib olmang.
Siz boshiga tinmay qaro kunlar solgan insonlaringiz 
bir kun sizning halokatingiz bo'ladi.
Shunda sizni hech kim qutqara olmaydi.
106


Mirach Chag'ri Oqtosh
Yonimdaligida vaqtni to'xtatib 
qo'yishni istagan insonimsan
Tomosha qilganlar juda yaxshi eslaydi "Amaliya” 
filmini. 0 ‘sha filmda "Inson vaqtni to'xtatib qo'yishni 
istagan joyiga tegishlidir" deydigan sahnasi bor. Juda to'g'ri 
fikr, shunday emasmi? Inson chindan ham qayerda vaqtni 
to'xtatib qo'yishni istasa yo u o'sha joyga tegishli yoki o'sha 
yerda abadiy qolishni istaydi. Qisqa va lo'nda. Bu vaziyatda 
mening qayerga tegishh ekanhgimni tilga chiqarishga 
hojat bormikan? Albatta, bor. Men senga tegishhman. 
Butun borlig'im bilan senikiman. Gohida inson o'zi 
amin bo'lgan narsaning tasdig'ini qarshisidagi insondan 
eshitishni istaydi. Men senga tuyg'ularimni izhor qilishdan 
tortinmayman. Boshi berk ko'cha ekanhgingni bilsam 
ham, baribir qadamlarimni sen tomon buraman. Bilaman, 
sen moychechaklarni juda sevasan va men ularni aynan 
sen uchun yuragimning eng go'zal joylariga ekib chiqdim. 
Eng pok tuyg'ularimni senga atadim. Zinhor ularning 
uvoUga qolma! Yo'lingga moychechakiardan poyandoz 
to'shayman-ki, qadam bosishga ko'zing qiymasin...

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling