To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moychechak yaproqlari
- Moychechak misol nozik qalbli insonlarning konglini sindirmang. Eng muhimi, ularni qoldan boy bermang. 117
To'siqiarga qaram ay sevdik
narsadan bir kuni mahrum bo'lishingni anglab yetasaii, Anglab yetasan-u, ammo bularni tushunib yetgunch;i o'zing ham tugab borasan. Ado bo'lasan. Hissiz mavjudotgii aylanasan. Ko'p vahima qilma, Hali ne-nelarga ko'nikasan... 116 Mirach Chag'ri Oqtosh Moychechak yaproqlari Moychechakning so'nggi yaprog'ini yulganimizda "scvmaydi" deb chiqqaniga qaramay, bandini ham yiilgancha, "sevadi" deb chiqarishga urinib, o'zimizni ovutadigan darajada ba'zilarga ko'ngil qo'ygandik... Xo'sh, oxiri nima bo'ldi? Hatto yaqiniga ham yo'lay olmadik. Sharafiga bor narsamizni fido qilganlarimizning yuraklari yo'q edi. Kimni sevadi deb o'ylasak, sevmadi. "Ketmayman" deganlarning hammasi ketdi. "Doimo yoningdaman” deganlar bizni o'zgalarga almashdi. Moychechak yaproqlari ana shunday insonlar uchun fido qilingan edi. Ammo ularning hech qaysisi bunga arzimadi. Meni kechiringlar moychechak yaproqlari... Bundan keyin yuragimning eng so'lim go'shasi sizlarga tegishli. Shuni angladimki, hech qaysi ishqning taqdiri bir moychechak yaprog'iga bog'liq bo'lmasin ekan. Moychechak o'z bandidan uzilmay sevilsin, ishq esa qalblarda his etilsin... Moychechak misol nozik qalbli insonlarning ko'nglini sindirmang. Eng muhimi, ularni qo'ldan boy bermang. 117 To'siqlarga qaram ay sevdik Hech qachon go'zal shaklda sevila olmasligimning dalilini men o'z onamda ko'rdim Bu dunyodagi yagona aziz insonim va oradan qanday gap o'tsa ham, men sevishdan sira voz kechmay- digan yagona ayol - bu mening onamdir. Ha, yuqorida to'g'ri o'qidingiz, u menga hech qachon go'zal shaklda sevilmasligimni o'rgatgan. Qanaqasiga, deysizmi? Bu haqida hozir gapirib beraman. Bizning oilamizda onamning to'ylarda juda chiroyli raqsga tushishi haqida ko'p gapirilardi. Qo'ni- qo'shnilarning to'ylarida hammaning ko'zi davrada o'ynaganlarning ichida bir onamga qadalardi. Singlimning to'y oqshomi ham bo'lib o'tdi. Ammo onamning uni ham chiqmadi. Davrada raqsga tushishni qo'yib turing, hatto birov bilan durust gaplashmadi. Men uni davraga tortib, qo'llarini raqsga tushirish uchun ko'tarsam, u bo'lsa qo'llarini pastga tushirib olardi. "Ona, sizga nima bo'ldi?" degan savolimga javob ham bermas edi. Men ham bir necha bor uni majburlab, davraga olib chiqdim va qo'llarini tutib, o'ynashga undadim. Ammo u yana qarshilik qildi. Men esa biroz qizishgancha, "Ona, sizga nima bo'lyapti?" deb so'raganimda, "O'g'lim, axir otang tuproqning tagida yotganida, men uning qizining to'yida qanday o'ynayman? Qaniydi, u ham tirik bo'lsa-yu, shu kunlarni ko'rsa edi", deb yig'laganida joyimda qotib qolgan edim. Mening onam otamning vafot etganiga naqd yigirma yil bo'lganiga qaramay, uni bir on ham yoddan chiqarmagan va unga sadoqatda yashashdan zinhor charchamagan ayol edi. Download 154.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling