To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir inson yuragi urishdan toxtaganida emas, bir qalbda azasi ochilganida oiadi. 59
O'zingni ovora qilma,
qalbi yo'q odam ishqni tushunmaydi. 58 Mirach Chag'ri Oqtosh O'rtadagi masofalarni to'siq bilgan insonning sevgisidan yaxshilik chiqmaydi Menga o'rtadagi masofalarni bahona qilma. Umr yo'ldoshi o'lganiga necha yillar bo'lsa ham, hanuz uni sovib, sodiq yashayotgan qanchadan qancha insonlar bon (^ora tuproq bilan qorishgan insonni hamon ilk kundagi Uabi qalbida yashatayotgan insonlar bor. Aslida, masofa (leganing sening qalbingda. Asl masofa - o'zingsan. Menga nafasimchalik yaqin bo'lib turib, olislikni tanlagan o'zingsan. Bizning baxtli bo'lmasligimiz uchun, birga bo'lmasligimiz uchun qo'lingdan kelganini qilgan o'zingsan. Sening masofa deganing bor-yo'g'i bir qog'oz parchasi edi ya hamma narsa birgina chiptaga bog'liq edi, hamma narsa birgina chiptachalik yaqin edi. Biroq sen buni bir davlat muaijimosi kabi kattalashtirdingki, masofalarni ro'kach qilib, buni o'zingga bahona qilib olding. Shunga qaramay men barcha chiptalarimni sen uchun oldim. Senga olib boradigan yo'llar uchun oldim. Aslida sira mavjud bo'lmagan "biz” uchun oldim. Meni sevmagan sen uchun oldim. Mendan tashqari hamma narsa va har kimga qiziqadigan, ammo menga kelganda har gal ko'rmaslikka oladigan sen uchun oldim! Senga yetaklaydigan har bir qadamimda o'z jonimga o't qaladim. Asli oshiqlik bu edi, jonim azoblansa ham aslo orqaga qadam bosmadim. Bir inson yuragi urishdan to'xtaganida emas, bir qalbda azasi ochilganida oiadi. 59 To'siqiarga qaram ay sevdik Men har on sen tomonga... Mening qalbimdagi senga oid sevgining go'zalligi bilan, sening o'sha sevgini his qilmasligingning badbaxtligi ajal bilan olishadi. "Oz narsa bilan qanoatlanmaydigan odam, ko'p narsaga erisholmaydi” deyishadi, ammo men oz ham deb bo'lmaydigan sening yo'qliging bilan qanoatlandim. Sen mening qilgan ishlarimni shunchaki orqaga suyanib, beparvolarcha tomosha qilding. Sendagi qanday vijdon bo'ldiki, sen uchun dard chekib, adoyi tamom bo'lganimni ko'rib turib, hech narsani his qilmading. Chunkiyuragingtoshgaaylangan. Sen hayotimningbutun borlig'i ekansan, men sening hayotingda nuqtachalik qiymatga ega emasdim. Ehtimol aynan shuning uchun meni sevmagandirsan. Biroq shuni bilib qo'yishingni istardim men, meni sevib qolishi uchun hech kim bilan bunchalik andarmon bo'lmadim. Kimgadir tuygan sevgim uchun bunchalik ahamiyat bermadim. "U bunga arziydi”, degandim, adashibman. Arzimas ekansan. Seni shu qadar sarhadsiz sevganmanki, shuncha harakatimga qaramay sen uchun bir nuqtachalik ahamiyatsiz bo'lsam ham, meni sevmasliginga qaramay, men uchun butun borliqsan! Men senda yo'q ekanman, sen mening qalbimdan zarracha ham kamaymading. Men seni hammadan ko'proq sevgan odamman, sen meni bir lahza ham sevmagan insonsan. Seni sevishni boshlagan ondan tugab bordim. Sen tomondan sariq 60 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling